Hozirgi vaqtda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, koronavirusga qarşi kuraşişda aholiga qulaylik yaratiş maqsadida oçilgan ayrim markazlar («Atlas», «Yoşlik») vaqtinçalik yopildi. Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva mavjud vaziyat böyiça izoh berdi.

«Toşkent şahridagi taqsimlaş markazlari yopilişining sabablaridan biri koronavirusga çalingan bemorlar soni kamayganidir. Şuningdek, taqsimlaş markazlarining yopilişi, poytaxtda, umuman, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlaşganini anglatadi.

Töğri, köplab mamlakatlarda koronavirus keng tarqalmoqda, köplab davlatlar ikkinçi tölqindan aziyat çekmoqda. Bu bizni huşyorlikka çaqirişi lozim. Şunga köra, bugungi kunda davlat va barça manfaatdor vazirlik, idoralar epidemiologik vaziyatni nazorat qiliş böyiça işlar olib borişmoqda va kasallik dinamikasi oşganda yopilgan obektlar tezkor ravişda qayta oçiladi.

Bundan taşqari, mamlakat şifokorlari va olimlari pandemiya davrida koronavirusga çalingan bemorlarni samarali davolaş böyiça katta tajriba orttirişdi, kasbiy mahoratlarini ham oşirişdi.

Şuningdek, koronavirusga çalingan bemorlarni davolaşga ixtisoslaşgan barça mavjud markazlar zarur yotoq-örinlari, tibbiyot uskunalari va dori vositalari bilan ta'minlangan, malakali tibbiyot xodimlari ham biriktirilgan. Markazlar yopilgan taqdirda ham uşbu ta'minotlar saqlab qolinadi. Takroriy tölqin röy bersa, uşbu markazlar va resurslar aholiga qayta yuqori malakali yordam körsatiş uçun tiklanadi», dedi Sevara Ubaydullayeva AOKAda ötkazilgan brifingda.