Qayd etilişiça, Maykl Pompeo AQŞ Özbekiston suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini, şuningdek, prezident Şavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini doimiy ravişda qöllab-quvvatlaşini tasdiqlagan.
Özbekiston taşqi işlar vaziri va AQŞ davlat kotibi inson huquqlari sohasidagi islohotlar jarayoni, jumladan, din erkinligini kengaytiriş, odam savdosiga qarşi kuraş, fuqarolik jamiyati va jurnalistlar uçun maydonni kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.
«Şuningdek, kotib va taşqi işlar vaziri AQŞ eksportçilari va investorlari uçun imkoniyatlarni muhokama qildilar. Sababi, Özbekiston bozor siyosati va xususiylaştiriş jarayonini amalga oşirmoqda», - deyiladi xabarda.
Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov va Qöşma Ştatlar davlat kotibi Maykl Pompeo Özbekiston va AQŞ örtasidagi şeriklik hamda strategik hamkorlik haqida fikr almaşib, har ikki davlat hukumatining yillik ikki tomonlama siyosiy maslahatlaşuvlarni strategik şeriklik böyiça muloqot şakliga aylantiriş töğrisidagi qarorini yuqori baholadi.
Qayd etilişiça, uşbu muloqot orqali AQŞ va Özbekiston siyosiy, iqtisodiy hamda gumanitar yönalişlarda yanada yaqinroq hamkorlik qiladi.









