Ğarb xavfsizlik manbalari ham uning yadro dasturida nufuzli şaxs bölganini ta'kidlamoqda. Eron matbuoti esa Faxrizodaning naqadar muhim inson ekani haqida kutilganidan köra kamroq xabarlar e'lon qilmoqda va uning nomini asosan mahalliy Covid-19 testini işlab çiqarişga hissa qöşgan olim sifatida tilga olmoqda.
«Eron yadro dasturi bir kişiga boğliq bölgan davr ötmişda qoldi», deydi Eron yadro dasturini diqqat bilan kuzatib boruvçi Londondagi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti mutaxassisi Mark Fitspatrik.
Şunday bölsa-da, Faxrizodaning köplab tansoqçilar bilan yurişi uning xavfsizligiga jiddiy e'tibor berilganini körsatadi. Şu bois, uşbu qotillik ortidagi sabablar Eronning yadroviy faoliyati bilan boğliq bölmagan siyosiy motiv bölişi mumkin.
Ikki ehtimol bor: ulardan biri – AQŞda hokimiyat tepasiga kelişi kutilayotgan Bayden ma'muriyati va Eron örtasidagi yaqinlaşuvning oldini olişga uriniş. Ikkinçi esa Eronni yana qasos olişga majbur qilişdir.
«Duşmanlarimiz oğir va asabiy kunlarni boşdan keçirişmoqda. Ular global vaziyat özgarib borayotganini bilib turişibdi va şuning uçun ham mintaqada notinçlik keltirib çiqarişga intilişmoqda», dedi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy suiqasd bilan boğliq ilk bayonotida. Ruhoniy «Eronning duşmanlari» deganda, odatda, Tramp ma'muriyati, Isroil va Saudiya Arabistonini nazarda tutadi.
Isroil va Saudiya Arabistoni Jo Baydenning inauguratsiyasi ortidan AQŞning Yaqin Şarqdagi siyosati özgarişidan va bu özgariş ularga ta'sir qilişi mumkinligidan xavotirda. Çunki Bayden özining saylovoldi kampaniyasida 2015 yilda Eron bilan imzolangan va Tramp bekor qilgan yadroviy kelişuviga qaytişini aytgandi.

Isroil ommaviy axborot vositalarining xabar berişiça, Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu va Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon 22 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Neom şahrida yaşirinça uçraşib, Eron bilan boğliq rejalar haqida suhbatlaşgan.
Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligi bunday uçraşuv bölmaganligini bildirdi. Isroil ommaviy axborot vositalarining yozişiça, Netanyahu uşbu uçraşuv paytida Salmonni ikki davlat örtasidagi munosabatlarni normallaştirişga köndira olmagan.
23 noyabr kuni Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan husiyçilar Saudiya Arabistonining Jidda şahridagi Aramco neft zavodiga hujum qilişdi. Eronning hukumat nazorati ostidagi ommaviy axborot vositalari esa «husiyçilarning Quds-2 ballistik raketasi bilan qilgan qahramonlik hujumini» yuqori baholadi.
«Uşbu strategik qadam Saudiya-Isroil uçraşuvidan söng amalga oşirildi va bu ularga notöğri qadam qöymaslik haqida öziga xos ogohlantiriş böldi», deb aytgan «Mehr» agentligi.
Uşbu hujumga Saudiya Arabistoni bilan bir qatorda AQŞ ham öz munosabatini bildirdi.
AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton joriy yilda naşr etilgan kitobida Eronning husiyçilarni qöllab-quvvatlaşini Tramp ma'muriyati «AQŞning Yaqin Şarqdagi manfaatlariga tahdid» deb bilişini aytgandi.
Qayd etiş joiz, Neomdagi uçraşuv Qatar va Birlaşgan Arab Amirliklariga taşrifi çoğida Eron böyiça muzokaralar olib borgan AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo tomonidan taşkil etilgan, degan da'vo ham ilgari surilmoqda.
AQŞ matbuotining yozişiça, Tramp ma'muriyati ikki hafta oldin Erondagi yadro inşootlariga hujum uyuştiriş ehtimoli xususida tekşiruv ötkazgan.
Tramp öz vakolat muddati tugaşidan oldin Eronga qarşi qilingan sönggi operatsiyasi orqali yana dunyo kun tartibiga çiqmoqçi ekani haqida fikr bildirayotganlar ham bor.
Ta'kidlaş lozimki, yanvar oyida Donald Tramp Eronning Iroqdagi eng muhim harbiy qömondonlaridan biri bölgan Qosim Sulaymoniyni aviazarba orqali öldirişga buyruq bergan va garçi BMT buni «noqonuniy» deb e'lon qilganiga qaramay, bu operatsiyadan faxr tuyişi haqida bayonotlar bergandi.
Şunga asoslangan holda, Tramp suiqasdlarga qarşi bölmagan, degan fikrni aytiş mumkin.
Eron esa Faxrizoda suiqasdida Isroilni ayblamoqda.
Isroil boş vaziri Benyamin Netanyahu 2018 yilda telekörsatuvlardan birida Faxrizodaning ismini tilga olib, «Bu nomni esdan çiqarmang» degani ham e'tiborni jalb qilmoqda.
AQŞ Yaqin Şarqda özini himoya qilişda davom etişiga işonç bildirsa-da, Bayden Antoni Blinkenni Davlat departamentiga nomzod qilib körsatgani Isroilni taşvişga solmoqda. Çunki Blinken Eron bilan yadroviy kelişuvni oçiq-oşkora qöllab-quvvatlaydi.
Yaqin Şarqdagi siyosat falastinliklar uçun ijobiy natijalarga olib kelişi mumkin. Blinken Trampning Isroil elçixonasini Al-Qudsga köçişini tanqid qilmoqda. Ammo Bayden uşbu harakatni orqaga qaytarmasligini oçiqladi.
Eron oliy diniy rahnamosi oyatulloh Ali Xominaiy Faxrizoda suiqasdi aybdorlarini jazolaşga çaqirdi.
Eron kelişuv kengaşi kotibi Muhsin Rizoiy mamlakatning xavfsizlik va razvedka böyiça böşliqlariga işora qildi. «Eron razvedka bölinmalari josuslar va çet el agentlarini aniqlab, suiqasd bölinmalarining şakllanişiga yöl qöymasligi kerak», dedi u.
Suiqasddan söng, hukumat harbiy va razvedka sohasida juda kuçli ekani haqida bayonot bergan bölsa-da, köplab eronliklar ijtimoiy tarmoqlarda juda yaxşi himoyalangan bir şaxsning kuppa-kunduzi qanday qilib öldirilgani haqida savol berişmoqda. Şuningdek, mamlakat içidagi köplab odamlarni hibsga oliş uçun suiqasddan bahona sifatida foydalanilişidan xavotirlanayotganlar ham bor.
Tramp ma'muriyatining vakolat muddati tugamoqda, Isroil va Saudiya Arabistoni eng katta tarafdorlarini yöqotmoqda. Eron esa Bayden ma'muriyati AQŞni yadroviy bitimga qaytargaç, ba'zi sanksiyalardan qutuliş va iqtisodiy muammolardan biroz yengillaşni umid qilmoqda. Bunday vaziyatda esa Eronning qasos harakatini uyuştirişi mantiqsiz tanlov böladi.












