Turmuş örtoği tomonidan kaltaklangani aks etgan ayol voqeasi mana tört oydirki hamon jamoatçilik muhokamasida. Hatto heç bir qotillik yoxud boşqa ulkan jinoyatlar ham bu qadar muhokama etilmagani bu voqea yuzasidan kengroq muşohada yuritişga undaydi. Yuqoridagi holatdan şunday xulosa çiqariş mumkinki, demak oiladagi şafqatsizlik faqat M.V. hayotidagi voqea emas...
«Men vahşiy odam emasman»
Tasavvurimizga aniqlik kiritiş uçun uzoq davom etgan sud majlislarida tomonlarning fikrlariga e'tibor qarataylik. Jumladan, ayolini uzoq yil xörlab kelgani aytilgan Ş.K. ötgan sud majlislarida şunday fikrlarni bildirdi:
— Şu kunga qadar sud jarayonlarida juda köp bölmagan gaplar ham aytildi. Ammo men u işlarni qiladigan darajada emasman. Ayolimni kaltaklaganimni tan olaman, bu raşk sababli edi, turmuş örtoğimni yaxşi körganim uçun raşk qilganman. Qolaversa, öşa vaqtda kuçli stressda edim. Töğri, men jinoyat qildim, ammo bu darajada vahşiy emasman, men haqimda tarmoqlarda bölmagan gaplar tarqalib ketdi.
Şuningdek, turmuş örtoği bilan yaşaş niyatida ekani, farzandlari taqdiri muhim ekanini bir neça bor ta'kidladi. Ş.K öz sözida ötgan uç-tört oy mobaynida butunlay boşqa odamga aylangani, qilgan işlarining xato ekanini endi tuşunganini aytmoqda.

Bu gaplarni yozayotganimizning sababi şuki, ayblanuvçi vaqtinçalik qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgaç, bir neça oyda barça xatolarini tuşunganini aytmoqda. Xöş, bizda oiladagi zöravonliklar iştirokçilarining qamoqqaça bölgan davrda öz xatolarini körsatadigan tizim yöqmi? Nima uçun ayblanuvçi jinoiy iş qözğatilgandan keyingina xatosini anglab yetmoqda? Oilaviy nizolarning barçasi şu yösinda davom etişi kerakmi?
Töğri, bizda oilaviy nizolarni örganiş, bartaraf etiş uçun mahalla tizimi mavjud. Ammo mazkur sud işi şuni körsatdiki, mahalla tizimi ham bu borada kutilgan natijani bermagan! Çunki sud jarayonida mazkur xonadondagi aksariyat voqealardan mahalla fuqarolar yiğinining xabardor emasligi aytildi va prokuror suddan mahalla fuqarolar yiğiniga ham xususiy ajrim çiqarişni söradi. Sud mahalla fuqarolar yiğiniga hamda jinoyatni kvalifikatsiya qilişdagi yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni muhokama qilib tegişli çora köriş maqsadida tergov organiga ham xususiy ajrim çiqardi.
Xullas, uzoq yillar davomida oiladagi holatni heç kim bartaraf eta olmagan, bu işlarning xato ekanini biliş, çuqur anglaş uçun na tizim va na muhit bölgan. Bizni esa aftidan jamiyatning ana şu kamçiligi köproq öylantirişi kerakka öxşaydi.











