Fransiyaning sobiq prezidenti Valeri Jiskar d'Esten 3 dekabrga ötar keçasi 95 yoşida vafot etdi. Bu haqda France-Presse axborot agentligi siyosatçining oilasiga tayanib xabar berdi.
Sobiq prezident Luar va Şer departamentidagi uyida koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.
“Jiskar d'Esten 2 dekabrda Luar va Şer departamentidagi uyida vafot etdi. Uning ölimi salomatligi keskin yomonlaşgani sababli yuz berdi, u koronavirusdan vafot etdi”, deb ma'lum qilgan marhumning oilasi.
Ta'kidlanişiça, marhumning istagiga köra, uning dafn marosimi oila davrasida bölib ötadi.
Ma'lum qilinişiça, Jiskar d'Esten noyabrda yurak yetişmovçiligi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Keyinroq sobiq prezident soğayib ketib, şifoxonadan çiqarilgan.
Marhum siyosatçi Ikkinçi jahon uruşi vaqtida Parijni ozod etiş uçun janglarda iştirok etgan. Fransiyani uruşdan keyingi yillar boşqargan general Şarl de Goll hukumatida vazir lavozimini egallagan.
Jiskar d'Esten Fransiya prezidenti lavozimini 1974 yil may oyidan 1981 yil may oyigaça egallagan. 1981 yilda ikkinçi muddatga saylovlarda iştirok etganda Fransua Mitterandan mağlubiyatga uçragan.
Jiskar d'Esten prezidentligi vaqtida saylovda iştirok etiş yoşini 18 yoşga tuşirgan, ajrimlar jarayonini soddalaştirgan, nikohsiz tuğilgan farzandlar huquqlarini kafolatlagan. U, şuningdek, keyinçalik “Katta yettilik” paydo bölişiga olib kelgan 5ta rivojlangan davlat – AQŞ, Yaponiya, Germaniya, Britaniya va Fransiya yetakçilari uçraşuvi taşabbusçisi bölgan.








