Farğonadagi «Neftçi» - «Turon» (0:1) uçraşuvidan keyingi voqealar haftaning eng şov-şuvli voqealaridan biriga aylandi. «Istiqlol» stadionidagi tartibsizliklarni tomoşa qilgan har qanday inson bunday zöravonlikni qoralaydi. Uçraşuvdan keyin «Turon» Superligaga yöllanma olgan bölsa, «Neftçi» jiddiy jazoga tortilişi kutilmoqda. Tribuna.uz muxbiri Farğonadan qaytişda şu kungi voqealarni bevosita stadiondan kuzatgan PFL direktori vazifasini bajaruvçi Diyor Imomxöjayev bilan suhbatlaşdi.
«Farğonadagi öyin 20-30 yil davomida heç kimning esidan çiqmaydi»
— Uçraşuvni özingiz ham stadiondan turib kördingiz, jonli bahs böldi. Öyindan könglimiz töldi. Çunki biz ikki yildan buyon Pro liga iştirokçilari sonini kamaytirib bölsa-da, intrigani oşiriş harakatida böldik. Mavsum davomida esa Pro liga saviyasini kötara olganimizga guvoh böldik. Avvalgi yillarda quyi ligada qaysi jamoalar, qanday holatda turnirni yutib çiqqani köpçilikning esida qolmagan. Farğonadagi bahs esa kamida 20-30 yil davomida heç kimning esidan çiqmaydigan öyin böldi.
Masalaning yomon tomonini hamma körib böldi, lekin yaxşi tomonini ham esimizdan çiqarmaslik kerak. Birinçidan, Pro liga obrösi oşdi. Bu turnirni ham «Uzreport» telekanalida jonli efirga olib çiqqanimiz, Farğonadagi uçraşuvning final bahsidek ötgani, qolaversa «Dinamo» va «Şörtan» örtasidagi kuraş sönggi öyinni derbiga xos ötişiga xizmat qildi. Öyinni boşida futbolçilarning maydondagi özaro keskinligi ham xursand qildiki, zerikarli futbol bölmadi. Çunki öyindan oldin «Turon» öyinni «berişi», «Neftçi» çiqişi aniq» qabilidagi gaplar şunçaki miş-miş ekani oydinlaşdi. Öyinda ikki jamoa ham faqat ğalabani öyladi. 90 daqiqa uçun ikki jamoaga ham rahmat deyman.

«Neftçi»da hali pley-off öyinida imkoniyat bor edi...»
— Öyin oxirida esa «Neftçi» futbolçilariga professionallik yetişmadi. Çunki sodir bölgan voqeani birinçi bölib muxlislar boşlagani yöq. Bu holda muxlislarni töğri tuşunaman. Agarda mezbon jamoa futbolçilarida professionallik bölganida, ular öyindan keyin muxlislarga qarsak çalişardi. Çunki «Neftçi»da hali pley-off öyinida imkoniyat bor edi. Mağlubiyatni tan olib, muxlislarni tinçlantirib, raqibni hurmat qilganida tomoşabinlar heç qaçon bunday işlar qilişmasdi. Futbolçilar esa aksinça hakamni oldida bu işni qilganlaridan keyin muxlislar ham kötarildi.
Şunga qaramay, Farğona viloyat hokimiyatiga rahmat aytaman. Çunki yaqin-yaqingaça Farğonada futbol ozgina orqaga çekingandi. Hozirda esa jamoalar yana «Istiqlol» stadioniga qaytişdi, muxlislar ham tribunalarga qaytişmoqda, viloyat hokimining özi befarq emas. Farğonadagi öyin oldidan viloyat hokimi Xayrullo Hayitboyeviç Bozorov bilan uçraşib, qariyb bir soat suhbatlaşdik. Unda stadion çimini yaxşilaş, yoritkiçlarni talab darajasiga yetkaziş va «Neftçi»ni kelajagi bölgan klub akademiyasini taşkil qiliş böyiça fikrimiz bir joydan çiqdi.















