Ayni vaqtda 21 yoşli Mik “Formula-2”da Prema Racing jamoasi uçun iştirok etmoqda. U hozirda “F-2”da yetakçilik qilmoqda va joriy yilgi mavsumda ğolib bölişga yaqin turibdi.

“Keyingi yil “Formula-1”da iştirok etiş imkoniyati meni juda baxtiyor qiladi, menda söz yöq. “Xaas”, “Ferrari” jamoalari va “Ferrari”ning poygaçilar akademiyasiga menga bildirilgan işonç uçun minnatdorlik bildirmoqçiman. Şuningdek, ota-onamga muhabbatimni izhor etmoqçiman. Nimagaki erişgan bölsam, ular tufayli. Men “Formula-1”da öz orzuimni röyobga çiqara olişimga doim işonganman”, deb izoh bergan uşbu voqeaga Mik Şumaxer. 

Mik Şumaxerning “Formula-1”dagi jamoadoşi 21 yoşli rossiyalik Nikita Mazepin böladi. Ular “Xaas”da fransuz Romen Grojan va daniyalik Kevin Magnussen örnini egallaşadi.