Ğalaba kunining ta'sis etilişi haqidagi farmonni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 2 dekabrda imzoladi. Endilikda uşbu kun har yil Toğli Qoraboğdagi janglar yakunlangan kun – 10 noyabrda nişonlanadi. 

“Ozarboyjon Respublikasida har yil 10 noyabr Ğalaba kuni sifatida tantanali nişonlansin”, deb buyurilgan farmonda.

Hujjatda ta'kidlanişiça, Qoraboğda 44 kun davom etgan janglar davomida Ozarboyjon armiyasi nazoratiga 300dan köproq aholi punkti va bir qator strategik tepaliklar ötgan. Jumladan, Ozarboyjonning harbiy ğalabalari Armanistonni Kelbajar, Ağdam va Loçin tumanlarini qaytarib berişga majbur qilgan.

Şu bilan birga, Toğli Qoraboğda jangovar harakatlar boşlangan kun, ya'ni 27 sentyabr Qoraboğ uruşida halok bölganlar xotirasi kuni sifatida nişonlanadi.