12:30 / 03.12.2020
13715
Reklama

O‘zbekistondagi xalqaro innovatsion savdo majmuasi – Ark Buloq'ni kutib oling!

Ko‘p turdagi savdo sohalarini o‘zida mujassam etgan yangi va yirik innovatsion xalqaro qurilish-savdo majmuasi – Ark Buloq'da ikkinchi bosqich sotuvlari boshlandi.

Foto: Ark Buloq

Xaridlar uchun mo‘ljallangan ushbu majmuaning zamonaviy va shinam muhiti uni butun O‘zbekiston ahli uchun jozibador nuqtaga aylantiradi.

Ulkan savdo majmuasi Toshkent viloyatidan poytaxtga kirishda, «Ark Buloq» bojxona posti yaqinida joylashgan. Bu yerda 3000dan ortiq yangi ish o‘rinlari tashkil etilmoqda.

Puxta o‘ylangan zamonaviy infratuzilmasi ham tadbirkor, ham xaridorlar uchun qulay imkoniyatlar eshigini ochadi.

Birgina qurilish mollari yo‘nalishi uchun 6,5 gektar (65 000 kv.m.) maydon ajratilgan va undagi do‘konlar soni 750 tani tashkil etishi belgilangan.

Do‘konlar turli o‘lcham va shaklda bo‘lib, o‘zida qurilish, elektro va maishiy texnika, texnologiya, interer hamda dekor yo‘nalishidagi mollarning keng assortimentini mujassam etadi.

Oziq-ovqat yo‘nalishiga 4 gektar (40 000 kv.m.) maydon ajratilishi rejalashtirilgan va bu majmuadagi do‘konlar soni 550 tani tashkil etadi. Unda barcha brend-u, mahsulotlar mujassam bo‘lib, yuqori sifat va hamyonbop narxlar – bosh mezon vazifasini o‘taydi.

Bugunning dolzarb masalasi – tirbandlik muammosi ham e'tibordan chetda qolmagan.

Xususan, avtoturargoh uchun markazning old tomonidan anchagina keng – 2,5 gektar (25 000 kv.m.) maydon ajratilgan. Parkingning old tarafi 2000 dan ziyod va orqa tarafi 3000 dan ziyod yengil va yuk avtomobillar sig‘imi uchun mo‘ljallangan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirish maqsadida innovatsion qulayliklar ham joriy qilingan. Shu o‘rinda, xalqaro va mahalliy logistika, shuningdek, yetkazib berish xizmatlari tadbirkor va ishbilarmonlar uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lib xizmat qiladi.

Xalqaro logistika servisi esa ham vaqtingiz, ham naqdingizni tejab, ortiqcha yugur-yugurlardan xalos etadi.

Xalqaro logistika xizmati 5 ta mamlakat: Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Afg‘oniston va Turkmaniston bo‘ylab yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu logistika tizimlari milliy qonunchilikka asosan muvofiqlashtirilgan.

O‘zida savdo sohalarining barcha jabhalarini mujassam etgan innovatsion xalqaro qurilish savdo majmuasida tadbirkorlik qilishni xohlasangiz, «Ark Buloq»qa marhamat!

Dekabr oyida ikkinchi bosqich sotuviga start beriladi. Savdo muddati qisqa bo‘lgani bois, sotuvga qo‘yilgan do‘konlar soni ham cheklangan bo‘ladi.

Shunday ekan, hamkorlikka tayyor turing!

Ark Buloq – biznesingiz ravnaqi uchun porloq nuqtaga aylanib qoladi!

Telefonlar:

+998956068888

+998955155588

Website: arkbuloq.uz

Instagram: arkbuloq

Facebook: arkbuloq

Telegram: t.me/arkbuloqsavdomarkazi

Manzil: Eski Ark Buloq ombori

Reklama huquqi asosida

Top