Sergeli tumani Qöşqörğon mahallasidan kelgan murojaatni örganiş uçun yölga otlandik.
Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportining şundoqqina yonidagi uşbu köçada önlab uylar va unda yaşayotgan aholi dahşatli darajada tang ahvolda qolganiga guvoh böldik. Köçalar loy, buzilgan uylarning xarobalari hamda qazilgan çuqurliklar şundoqligiça taşlab ketilgan. Atrof xuddi tabiiy ofat yoki uruş bölgan manzarani eslatadi. Poytaxtda şunday joy bor ekanmi, deya közlarimizga işongimiz kelmadi.
«Notöğri «snos» natijasida it, muşuk va ilonlar orasida yaşaşga majbur bölyapmiz»

Qöşqörğon köçasidagi uylari buzilmay qolgan fuqarolar bilan suhbatlaşdik.
«Toşkent şahar hokimi Rahmonbek Usmonovning «Toşkent-4» aviaterminalini quriş haqidagi qaroriga asosan 120ta xonadon buzilişga tuşgan edi. 2015 yilda buziş işlari olib borildi. Noma'lum sabablar bilan 25ta xonadon buzilmay, vayronalar içida qolib ketdi.

«Toşkent-4» terminali ham qurilmaydigan böldi. Bu hudud vayronalar içida qolgan 25ta xonadon vakillarining yaşaşi uçun sanitar-epidemiologik normalarga javob bermaydi. Haşarot-u jonzotlar juda köp. Çayon, çivin va daydi itlar, hatto ilonlar makoniga aylandi. Ekskavatorlar ayrim buzilgan uylarni tekislaş örniga 7-8 metrlik çuqurlar qazib, şu holatda taşlab ketgan. Beş yildan buyon şunday oğir ahvolda yaşab kelyapmiz.
Bu holat havo kemalarida Özbekistonga kirib kelayotgan va uçib ketayotgan mehmonlarga kaftdek körinib turadi. Uşbu hudud uçiş-qöniş çiziqlariga 150-200 metr masofada joylaşgan.
Uşbu holat yuzasidan Sergeli tuman va Toşkent şahar hokimiyatiga, boş prokurorga bir neça marta murojaat qilganmiz. “Buziliş ijobiy hal qilinadi”, deb va'da berilgan edi. Ammo hozirgi kunga qadar vayronalar orasida qolib ketgan xonadonlarning taqdiri heç kimni qiziqtirmayapti”, deydi şu yerda yaşab kelayotgan fuqarolardan biri.

Qolib ketgan uylar taqdiri tez orada hal etiladi – Toşkent şahar hokimligi Munitsipal aktivlarni boşqariş markazi
















