Genetik kodlarning özgartirilişidan tortib, millionlab odamlarning tanasiga mikroçiplar örnatilişi bilan boğliq gap-sözlar tobora «urçib» bormoqda.

BBC Reality Check guruhi ba'zi yolğon da'volarni tahlil qildi.

DNKning buzilişi bilan boğliq da'vo

«Koronavirus vaksinasi DNKmizni özgartiradi» degan da'vo ijtimoiy tarmoqlarda eng köp tarqalgan da'volardan biridir.

BBC uç mustaqil olimdan uşbu da'vo töğrisidagi fikrlarini söradi va «koronavirusga qarşi emlaş inson DNKsini özgartirmaydi» degan javob oldi.

Ba'zi yangi işlab çiqilgan vaksinalarda virusning genetik materialidan, ya'ni genetik körsatmalarni «taşuvçi» mRNKdan foydalaniladi. Buyuk Britaniyada tasdiqlangan Pfizer/BioNTech vaksinasi ham şulardan biridir.

«Odam tanasiga mRNKni yuboriş inson hujayrasidagi DNKga heç qanday ta'sir körsatmaydi», deydi Oksford universiteti mutaxassisi Jyeffri Almond.

mRNK tananing öziga xos molekulyar mexanizmlaridan foydalangan holda, hujayralarga virus tarkibidagi oqsilga öxşaş bir moddani işlab çiqarişni örgatadi. Bu esa immunitet tizimining reaksiyasini keltirib çiqaradi.

Aslida, koronavirus vaksinasi DNKni özgartiradi, degan da'voga ilk marta duç kelinayotgani yöq. May oyida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videolarda mRNK texnologiyasi «hali sinovdan ötkazilmagani va tasdiqlanmagani» aytilgan va uning genetik kodlarga ta'sir qilişi haqidagi iddao ilgari surilgandi.

Töğri, avvallari heç bir mRNK vaksinasi tasdiqdan ötmagan, ammo sönggi yillarda mRNK vaksinalarini odamlarda qöllaş böyiça köplab tadqiqotlar olib borildi. Bundan taşqari, vaksina epidemiya boşlanganidan beri dunyo böylab ön minglab odamlarda sinab körildi va qat'iy tasdiqlaş jarayonlaridan ötdi.

Boşqa barça vaksinalar singari mRNK vaksinalari ham xavfsizlik böyiça qat'iy sinovlardan ötmasdan turib, keng qöllaniş ruxsatiga ega bölmaydi.

Vaksinalar sinovining 1- va 2-bosqiçlarida xavfsizlikni tekşiriş va tegişli dozani aniqlaş uçun ular kam miqdordagi odamlarga beriladi.

Uçinçi bosqiç sinovlarida esa vaksinaning samaradorligini aniqlaş uçun minglab odamlar emlanadi. Vaksinaning haqiqiy dozasi berilgan guruh va platsebo (dori sifatida işlatilişi yoki dori-darmonlarni niqoblaş uçun işlatilişi mumkin bölgan va aniq dorivor xususiyatga ega bölmagan modda – tahr.) dozasini olgan nazorat guruhi turli xil qöşimça ta'sirlar va himoya vositalarini aniqlaş maqsadida diqqat bilan kuzatiladi.