«Yakuniga yetgan hafta ÖzPFL uçun alohida ahamiyat kasb etdi. Bir qator işlarga ulgurdik. Yangi yilga qadar şu tempda davom etib, köp narsalarni oçiqlaşni rejalaştirganmiz. Nasib bölsa, ulguramiz.
Xöş, «Neftçi» — «Turon» öyini masalasida. Nimalar bölganini hamma kördi. Pro ligani rejamizdagidan yaxşiroq ötkazişga erişdik. Ammo yakun çiroyli çiqmadi. Buning uçun aybdorlar javob beradi.
Javobgarlik bu borada ikki xil böladi. Ayni holatda ÖFA Tartib-intizom qömitasi klub, futbolçilar hamda klub rahbarlarining futboldagi keyingi taqdiriga oydinlik kiritiş ustida işlayapti. Şuningdek, Farğona IIBB aybdor şaxslarni qonuniy javobgarlikka tortgan.
Tartib-intizom qömitasining qarori bizga kimlar va qanday jazolanişi, «Neftçi»ning keyingi taqdiri, Superliga uçun ötiş öyinining ötişi yoki ötmasligi kabi masalalarni oçiqlaşi mumkin. Bu borada qömita işiga na ÖzPFL va na ÖFA aralaşadi. Barçasi mavjud reglament asosida amalga oşadi. Ayni vaqtda qömita işi davom etyapti. Tajribali ekspertlar faoliyat olib boradigan qömita işni xolis körib çiqişiga şubha qilmaymiz», — deya yozadi PFL rahbari telegramdagi kanalida.
Eslatib ötamiz, Farğona viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Xayrullo Bozorov kuni keça «Neftçi» klubida yiğiliş ötkazib, klub boş murabbiyi Abdusamat Dörmonov iste'foga çiqarilgan edi. «Neftçi» klubining bir neça nafar futbolçisi tartibbuzarligi uçun javobgarlikka tortilgan. Hozirga kelib jamoa boş murabbiysiz qolgan.













