“Yaraşuv Fors körfazi davlatlarining sammitida yuz beradi. Inqiroz davomida gapirilgan barça asosiy kelişmovçiliklar, talablar va şartlar Fors körfazi davlatlari va arab tizimi yaxlitligi va boşqa bunday ziddiyatlar bölmasligini kafolatlaş maqsadida maxsus qömitalar doirasida muhokama qilinadi va hal qilinadi”, deb aytgan manba.
4 dekabrda arab davlatlari va Qatar örtasidagi nizoni hal qilişda vositaçilik qilayotgan Kuvayt Fors körfazida yaraşuvga erişiş böyiça sa'y-harakatlar doirasida “sermahsul muzokaralar” ötkazilganini e'lon qildi. Öz navbatida, Qatar taşqi işlar vazirligi ham Fors körfazi davlatlari bilan nizoni hal qilişda oldinga siljiş borligini ma'lum qilgan.
2017 yil yozida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatarni terrorçilikni qöllab-quvvatlaş va özlarining içki işlariga aralaşişda ayblab, rasmiy Doha bilan diplomatik munosabatlarni uzgandi. Buning ortidan Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi kiritilgan. Jumladan, uşbu arab davlatlari Qatar aviatsiyasi uçun öz havo hududini yopgan.












