Prema jamoasi vakili Mik Şumaxer “Formula-2”ning Bahraynda ötgan yakuniy bosqiçining ikkinçi poygasida finişga ön sakkizinçi bölib keldi. Mikning çempionlik unvoni uçun kuraşdagi boş raqibi Kallum Aylott esa öninçi bölgan va Şumaxerga umumiy hisobda yeta olmagan. Şumaxer umumiy hisobda 215 oçko, Aylott esa 201 oçko töplagan.
Bahraynda ötgan poygada hind poygaçisi Jahon Daruvala ğolib bölgan. 2-örinni uning jamoadoşi Yuki Tsunoda, 3-örinni Deniyel Tiktum egallagan.
21 yoşli Mik uçun uşbu unvon professional faoliyatidagi ikkinçi çempionlik unvoni hisoblanadi. 2018 yilda u “Formula-3”da ğalaba qozongandi. Kiçik Şumaxer 2021 yildan “Formula-1”da Haas jamoasi tarkibida iştirok etadi.












