Maşhur avtopoygaçi Mixael Şumaxerning öğli Mik Şumaxer «Formula-1» poygalarida debyut qiladi. Bu haqda The Mirror xabar bermoqda.

 21 yoşli poygaçi Ayfel Gran-prisi poygalarida qatnaşadi. Alfa Romeo jamoasi Şumaxer «Nyurburgring» trassasida bolidni boşqarişini tasdiqladi. Ayfel Gran-prisi 9-11 oktyabrda bölib ötadi.

Mik Şumaxer 2019 yil aprelda ilk marta «Formula-1» poyga bolidini boşqargandi. U Ferrari jamoasi tarkibida Bahrayndagi sinovlarda qatnaşgan. 

Mik Şumaxer Yevropaning «Formula-3» musobaqasi çempioni hisoblanadi. 

 Uning otasi Mixael Şumaxer «Formula-1»da yetti karra çempion bölgan. Mixael 2013 yilda Alp toğlarida jarohat olgan bölib, hali-hamon davolanmoqda.