Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi joriy etiladi
“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qaror bilan 2021 yil 1 iyundan davlat organlari va tashkilotlarining ichki ma'muriy-xo‘jalik faoliyatini ta'minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarini bajarish xususiy sektorga o‘tkaziladi.
Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi joriy etilib, bunda xususiy sektorga o‘tkazish uchun davlat funksiyalari har yili tanlab olinadi.
Vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi.
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida 2021 yil 1 yanvardan Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
15:23 / 05.01.2026
Davlat xizmatlarining 40 foizi xususiy sektorga o‘tkaziladi
15:50 / 31.12.2025
Teatr sohasida xususiy sektor ishtiroki 30 foizga yetkaziladi
12:10 / 24.10.2025
Suv resurslarini boshqarish tizimi xususiy sektor uchun ochiladi
14:52 / 03.03.2025