Prezident qarori bilan quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish va sohaning xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi

Asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar:

  • 160 ta "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalarining moliyaviy mustaqilligini oshirish;
  • 2026 yilda Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida nasos stansiyalarining 50 foizini DXSh asosida boshqaruvga berish;
  • 2027 yil oxiriga qadar Namangan viloyatidagi nasos stansiyalarini mazkur viloyatning namunaviy tajribasini hisobga olgan holda DXSh asosida boshqaruvga 100 foiz o‘tkazilishini ta’minlash;
  • "Suvchilar maktabi" loyihasi doirasida 141 tuman kamida 3,5 ming ga yer maydonlarida o‘quv-dala shiyponlarini tashkil etish.

Do‘stlik tumanida amalga oshirilayotgan suv resurslarini boshqarish va ularning hisobini shaffof yuritish bo‘yicha tajriba loyihasi doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

  • fermer xo‘jaliklari tomonidan suv iste’moli va foydalanilgan suv hajmining shaffof kuzatib borilishini, ajratilgan suv resurslarining belgilangan limitlar doirasida yetkazib berilishini ta’minlash;
  • 1 804 ta "aqlli" suv hisoblagichlarini o‘rnatish, shuningdek, yiliga 107 mln kub metrgacha yoki 33 foiz suv resurslarini tejash;
  • uzunligi 159 km bo‘lgan sug‘orish tarmoqlari uchastkasini betonlash va uzunligi 541 km bo‘lgan sug‘orish tarmoqlari uchastkasini texnik soz holatga keltirish.

"Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari:

  • ehtiyojlar va moliyaviy imkoniyatlarni hisobga olgan holda moslashuvchan shtatlarni boshqarish tizimini joriy etish;
  • suv resurslaridan oqilona foydalanish asosida Suv ta’minoti xizmatlari xodimlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash va ular asosida rag‘batlantirish tizimini (KPI) yo‘lga qo‘yish;
  • Suv ta’minoti xizmatlarining moliyaviy mustaqilligini oshirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.

Suv ta’minoti xizmatlari shtat birliklari sonini mustaqil ravishda belgilashlari, Davlat budjetiga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq tushumlarining 40 foizi miqdoridagi mablag‘larni MTBni mustahkamlashga yo‘naltirishlari mumkin bo‘ladi.