Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro şahri prokurori Jasur Fozilovning prezident Şavkat Mirziyoyev va Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinovga yöllagan oçiq murojaati videosi tarqaldi.

Bir soatdan ortiq davom etgan videomurojaat avvalida, prokuror öz ustidan xizmat tekşiruvi ötkazilayotgani va qonunbuzilişga yöl qöygani aniqlangudek bölsa, javob berişga tayyorligini aytadi.

«Lekin hurmatli boş prokurorimiz va uning uçta xodimi tomonidan qilinayotgan jinoyatlar haqida aytib bermoqçiman», – deydi Jasur Fozilov.

Prokuror öz sözida pullarni naqdlaştiriş bilan şuğullanuvçi firmaga nisbatan tergov olib borilayotgani, tadbirkor 10 mlrd söm soliqni yaşirgani, uşbu tergov xolis ötkazilişiga yuqoridan bosim bölayotgani haqida gapiradi.

Şuningdek, u muqaddam Boş prokuraturada işlagani, da'vosi boş prokurorga qarşi bölgani uçun ham aynan Prezident Administratsiyasi rahbariga murojaat qilayotganini qöşimça qilgan.

Boş prokuratura holat yuzasidan izoh berib, Fozilov bu çiqişida ilgari surgan da'volarga «töliq va haqqoniy baho berilişi»ni bildirdi.

Idora axborotiga köra, ayni paytda Boş prokuratura Buxoro şahridagi tadbirkorning Fozilov ustidan bergan arizasini körib çiqmoqda.

Tadbirkor öz arizasida Buxoro şahrida qurgan yirik savdo majmuasidagi 1 metr kvadratining haqiqiy narxi 20 mln söm bölgan savdo dökonini şahar prokurorining tazyiqi bilan unga 5 mln sömdan sotganini, oradan bir yil ötib, ya'ni 2020 yil oktabr oyida şu narxdan yana bitta dökonni sotişini talab qilganini, rad javobini bergani uçun J.Fozilov uni tergovga çaqirib, javobgar qiliş bilan qörqitayotganini bildirgan.

«Uşbu holat böyiça J.Fozilovga nisbatan xizmat tekşiruvi tayinlanib, tekşiruvning xolisona va adolatli ötkazilişini ta'minlaş, iş holatlariga töliq oydinlik kiritiş, har qanday aralaşuv va ta'sirlarning oldini oliş maqsadida u 2020 yil 2 dekabr kuni xizmat vazifalarini bajarişdan vaqtinça ozod qilingan», – deyiladi Boş prokuratura izohida.

Mahkama öz bayonotida prokuror aytib ötgan barça masalalar böyiça şaffof va oşkora örganiş ötkazilişini, bunda jamoatçilik nazoratini ta'minlaşga tayyorligini ma'lum qilgan.