«Inson+maşina. Sun’iy idrok davrida işlaşning yangi tamoyillari» kitobida şu haqda söz boradi.
Accenture kompaniyasi yetakçilari Pol Doerti va Jyeyms Uilson öz faoliyatida sun’iy idrok imkoniyatlarini tatbiq etgan 450ta kompaniyaning işini tahlil qilgan holda, kelajakda inson va maşinalar dunyoda birga mavjud böla oladimi, degan savolga javob izlaşadi.
Mualliflarning fikriça, inson va maşina raqobatda emas, hamkorlikda mavjud bölişi lozim. Temir bölagi va datçiklardan iborat maşinalar qon va suyakdan tarkib topgan insonlarni köplab masalalarda ortda qoldirayotgani çin. Ammo odam mehnat bozoridan butunlay çiqib ketmaydi. Maşinalar rivojlangani sari inson uçun yangi kasblar paydo böladi.
Robotlar insonga nima beradi?
Texnologiyalar inson faoliyatining barça sohalariga çuqur kirib borgan bölsa-da, insonlar va maşinalar haligaça teng hamkorlik asosida özaro aloqaga kirişgani yöq.
Avtozavodda robot va işçi bir safda turibdi. Ya’ni bitta işni robot ham, inson ham bajarmoqda. Mehnatning bunday taqsimoti inson va maşina uyğunligida erişiş mumkin bölgan salohiyatni ança çegaralab qöyadi. Dunyo inson va maşina yakdil texnologiya sifatida işlaydigan davrga qarab ketmoqda.
Sun’iy idrok – ma’lumotni qabul qilib, uni qayta işlagan holda muayyan funksiyani bajaruvçi tizim. Sun’iy idrok insonning örnini egallaş, uning vazifalarini batamom tortib olişni maqsad qilmaydi. Balki inson imkoniyatlarining çegarasini kengaytirişga xizmat qiladi.

Sun’iy idrok ustida işlovçi novator kompaniyalar inson va maşinaning özaro aloqasini kuçaytirgan holda original simbiozga erişişga intilişmoqda. Mazkur simbioz quyidagi vazifalarni bajarişi mumkin.
Imkoniyatlarni kuçaytiriş. Sun’iy idrokning asosiy maqsadi – insonning tabiat tomonidan berilgan imkoniyatlarini yanada kengaytiriş va kuçaytirişdir. Bu superkuçga ega kiborgni eslatadi.
Deylik, stanok buzilib qolgan taqdirda zavod işçisi uni tuzatiş uçun maşaqqat çekişi, stanokning içki mexanizmini hijjalab örganib, şunga qarab iş tutişi kerak. Sun’iy idrok esa qoğoz yöriqnomaning örnini bosişi mumkin.
Misol uçun, aqlli közoynaklarni taqib stanokning içki proyeksiyasini köriş va nosozlikni darhol bartaraf etsa böladi.
Muloqot. Sun’iy idrok nafaqat insonlar örtasidagi muloqotni ta’minlaydi, balki bora-bora özi ham alohida şaxs sifatida namoyon bölib, insonlar yoki guruhlar nomidan iş körişi mumkin.
Buning qanday bölişini tuşuniş uçun Siri'ning işlaşini eslang. U sizga «mendan nima yordam?» deb söraganda Apple kompaniyasi nomidan mijozga xizmat körsatayotgan böladi.
Yana bir misol. Şvetsiyaning yirik banklar tarmoği SEB özining virtual yordamçisi Aida orqali millionlab mijozlarga xizmat körsatadi. U bank operatsiyalarini bajaradi, muammolarni yeçişga yordam beradi. Murakkab muammolarni esa SEB xodimlariga tematikadan kelib çiqqan holda yönaltiradi.
Makonlar uzra çegarasizlik. Zamonaviy texnologiyalar robotlardan masofaviy tarzda foydalaniş imkonini beradi. Xuddi «Avatar» filmidagidek. Maşinalar inson vazifalarini bajara boşlaydi.
Misol. «Çegarasiz şifokorlar» xalqaro gumanitar taşkiloti çekkaroq davlatdagi epidemiyada yordam körsatişi kerak. Ammo öz xodimlarining hayotini tavakkal bilan xavf ostiga qöya olmaydi. Şu bois aholidan turli tahlillarni yiğa oluvçi kvadrokopter yoki drondan foydalanadi.
Ilgari salomatlikning yomonlaşuvi yoki keksalik kasbiy faoliyatni davom ettirişda tösqinlik qilardi. Ammo sun’iy idrok texnologiyalari şarafi bilan inson iş jarayonida jismonan iştirok etişi kerak bölmay qoldi. Şu taxlitda, maşinalar insonga tabiiy çegaralangan imkoniyatlar doirasidan çiqiş, ilgari imkonsizdek bölgan natijalarni körsatişga kömaklaşadi.
Sun’iy idrok qöşini
Sun’iy idrok – köplab askarlardan iborat katta qöşin. Kitob mualliflari inson va maşina simbiozidan muvaffaqiyatli foydalanayotgan taşkilotlar faoliyatini tahlil qilgan holda, bu qöşinning askarlari kimlar ekanini sanab ötişadi.
Katta ma’lumotlar. Sun’iy idrok tartibga solingan va tartibga solinmagan ulkan hajmdagi ma’lumotlarni qayta işlaydi. Öz navbatida, bu ma’lumotlar sun’iy idrok uçun göyoki yonilği vazifasini ötaydi. U qançalik köp ma’lumotni tahlil qilsa, şunçalik «aqllilaşa» boradi.
Xususan, sun’iy idrok bir xil maromda, takroriylik asosida keçuvçi vazifalarni yaxşi uddalaydi. Bu kabi işlar insonga zerikarli tuyulişi mumkin. Alohida yondaşuv va hissiy könikmalar talab etilmaydigan bunday «zombi» vazifalarni inson örniga sun’iy idrok bajara boşlasa, insonlarning ijodiy işlar, qiziqarli maşğulotlar bilan şuğullanişi uçun köproq vaqt qoladi.
Sensorlar. Özgarişlar va atrof haqida ma’lumotlar jamlaş uçun turli uskunalarga datçiklar örnatiladi. Sensor inson faoliyatining köplab sohalarida qöllanilsa ham, ular yiğadigan katta hajmdagi ma’lumotlarni sun’iy idrokning özigina qayta işlay oladi. Ular «aqlli fabrikalar» va robototexnikada qöllaniladi.
Robototexnika. Mercedes zavodida işçilar avtomobilni yiğiş uçun roboqöllardan foydalanişadi. Masofadan turgan holda pult va monitor orqali apparatning harakatlarini boşqarişadi. Roboqöl göyo işçining öz qölidek, faqatgina u epçilroq va oğir yuklarni ham bemalol kötaradi. Bu esa millisoniyalar içida ma’lumotni qabul qilib, qayta işlab uzatuvçi sensorlar orqali amalga oşadi.
«Aqlli fabrikalar». Ta’minot tizimini avtomatlaştiriş bilan şuğullanuvçi Symbotic kompaniyasi omborlarni «aqlli» qilmoqda. Misol uçun, Symbotic robotlari maxsus datçiklar yordamida maşinaviy köriş bilan ta’minlangan. Uning yordami bilan robot deformatsiyaga uçragan tovarni farqlay oladi va şundan kelib çiqqan holda iş köradi.
Kengaygan reallik. Ilgari maşinalar va insonlar turli dunyolarda yaşaşardi, sun’iy idrok esa kengaygan reallik orqali ularni birlaştirdi. Kengaygan reallik virtual va qöşimça şaklda namoyon böladi.
Virtual reallik – real dunyoning yoki noreal şaroitning kompyuterda yaratilgan nusxasi. Misol: General Electric sun’iy idrok yordamida öz zavodining 3D virtual nusxasini yaratgan. Bu – zavod işida turli yangiliklarni test qilib köriş, işni optimizatsiyalaş böyiça tasavvurga ega bölişga yordam beradi.
Qöşimça reallik – bir vaqtning özida ham real, ham virtual dunyo elementlarini köriş imkonini beradi. Bunga yuqorida aytilgan «aqlli közoynak»lar namuna böla oladi. Ular masofaviy şaklda texnik köriklarni amalga oşirişga imkon yaratadi. Yaqin kelajakda nosozlik uçun avtomobilni avtoservisga olib borişga hojat qolmaydi, mexanik masofadan turgan holda avtomobilni körikdan ötkazib, muammoni aniqlay oladi.
Tabiiy tilni qayta işlaş. Yaqin orada sun’iy idrok ma’lumotni passiv qabul qiliş bilan çeklanib qolmaydi. Balki dialogga kirişişi, maslahat berişi, savol söraşi, empatiya bildirişi mumkin. Ammo uning bu faoliyatida kamçiliklar kuzatilişi ham ehtimoldan xoli emas. Masalan, ança mukammal işlangan Siri boşi oğriyotganga ham, yuragi xuruj qilganga ham şifokorga borişni tavsiya qilişi mumkin. Ya’ni u vaziyatni töğri baholay olmaydi.
Demak, sun’iy idrok insonning turli vazifalarini tobora köproq bajara boradi. Tabiiy savol tuğiladi: aqlli maşinalar davrida insonlar nima bilan şuğullanadi?
Rezyumeda yangi qism
Robodunyoda yangidan yangi kasblar paydo böla boşlaydi. Xususan, maşina bilan özaro aloqaga kirişgan holda bir jamoada işlay oliş muhim könikmaga aylanadi. Hozir ham rezyumening şaxsiy könikmalar degan qismida kompyuter dasturlari, ijtimoiy tarmoqlar bilan işlaş deb yoziş sezilarli ustunlik bera boşlagan. Inson sun’iy idrok uçun murabbiy, şarhlovçi va çidamlilik böyiça ekspert vazifasini ötay boşlaydi.
Murabbiylar
Konveyyerlar va elektron hisoblaş maşinalari paydo bölgaç, odamlar ularni takomillaştiriş ustida işlaşgan – qöşimça funksiyalar qöşilgan, çidamliligi oşirilgan.
Biroq sun’iy idrokning özi insonga moslaşadi – u insonlar haqidagi ma’lumotlarni töplaydi, uning nutqiga, atvoriga taqlid qiladi. U talabga yaxşiroq javob berişi uçun esa inson unga murabbiy bölişi kerak böladi.
Murabbiyning vazifalari quyidagilardan iborat:
Maşinaning empatiyasini oşiriş. 2016 yilda Microsoft Tey nomli virtual suhbatdoşni sinovdan ötkazdi. U tvitter foydalanuvçilarining bir-biri bilan qanday yozişişini tahlil qilgan holda, ular bilan muloqotga kirişişi kerak edi. Ammo bir neça soatdan keyin Tey qöpol, kamsituvçi va haqoratli jumlalarni yoza boşladi. Demak, virtual suhbatdoş empatiyaga ega böliş borasida maxsus murabbiylar tayyorgarligidan ötişi kerak bölgan.
Maşinada şaxsiyatni şakllantiriş. Microsoft yaratayotgan Cortana virtual yordamçisi mehribon, öziga işongan. Çunki uning şaxsiyati şakllanişida şoir, dramaturg, yozuvçilargaça bölgan murabbiy ekspertlar guruhi işlamoqda.
Ma’lumotlar tozaligini ta’minlaş. Deep Mind sun’iy idrok kompaniyasi maşinani meva teriş va ovçilikka örgatgan. Ammo birinçi öquvdan söng maşina özini juda qöpol va beöxşov tutgan. Ikkinçi öquvdan keyin ança «yumşab, murosaga kela boşlagan». Demak, sun’iy idrok qayta işlovçi ma’lumotlar yaxşi yoki yomon bölişi mumkin. Maşina buning farqiga hozirça bormaydi, şu bois ma’lumotlarni sara va yomonga ajratişda odam kömagiga tayanadi.
Şarhlovçilar
Kelgusida odamlar va texnologiyalarning özaro aloqasi çuqurlaşişda davom etadi. Tabiiyki, maşinaning oldida yangi vazifalar qöyila boşlaydi. Hamkorlik kuçaya borgani sari sun’iy idrok faoliyatining şaffofligini oşiriş talab etiladi.
Buning uçun sun’iy idrokning işlaş jarayonini, uning qarorlar qabul qilişda qanday mantiqqa tayanişini tuşunuvçi ekspertlar kerak böladi. Şarhlovçilar quyidagi vazifalarni bajarişadi:
Algoritmlar böyiça ekspert. Hamma sun’iy idrok xizmatlaridan foydalanadi, ammo heç kim uning qanday işlaşini tuşunmaydi. U xatoga yöl qöysa, nima qiliş kerak? Xatolik bois sun’iy idrok oddiy fuqaroni terrorçi deb qabul qilsa-çi? Algoritm böyiça ekspert bunday vaziyatlarda nosozlik sababini topib, hal qiladi.
Şaffoflik böyiça mutaxassis. Ayrim maşina va algoritmlarning işlaş tamoyili sir tutiladi. Ular foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini, davlat ahamiyatidagi sirlarni saqlaşi mumkin. Mutaxassis şu ma’lumotlarni idrok notöğri interpretatsiya qilişiga yöl qöymaydi.
Tuşunarlilik böyiça strateg. Sun’iy idrok qanday funksiyani bajarişidan kelib çiqqan holda uning foydalanuvçi uçun qulay va tuşunarli bölişi ustida işlaydi. Deylik, poliklinika va maktablarda sun’iy idrok texnologiyasidan foydalaniş qulay va oson bölişi kerak. Xalqaro taşuvlarni amalga oşiruvçi texnologiya esa keng auditoriyaga tuşunarli bölişi şart emas. U tezkor bölsa kifoya.
Çidamlilik böyiça ekspert
Robotlarning işonçli va xavfsiz ekanini insoniyat birdaniga tuşunib yetmaydi va ularga moslaşib qolmaydi. Bunda çidamlilik böyiça ekspertlar örtaga çiqişadi. Ular quyidagi vazifalarni bajarişadi:
Kontekst dizayner. General Motors va yapon kompaniyasi Fanuc avtosexda işçilar bilan birga mehnat qiluvçi roboqöl dizayni ustida ança işlaşdi. Apparat uçun rang tanlaş qiyin keçdi – sabzirang xavfni eslatadi, sariq rang sergak torttiradi. Şu bois kontekst dizaynerlar laym rangiga töxtalişdi.
Kontekst dizaynerlar robotning dizayni insonda döstona kayfiyat uyğotişi, uning öz vazifalarini bajarişiga xalal bermasligi ustida işlaşadi.
Xavfsizlik texnikasi böyiça mutaxassis. Ular maşina va inson hamkorlikda amalga oşiruvçi jarayonlarning xavfsiz keçişi, undan insonga heç qanday körinişda zarar yetmasligi masalasini körib çiqadi.
2015 yilda Volkswagen zavodida robot işçini tutib, devorga uloqtirgan. Bunda kim aybdor: maşina yoki uni işlab çiqqan odam?
Maşina etikasi böyiça mutaxassis. Insonlarda robotlar ularning işini tortib olib qöyişi yoki barça robotlar birlaşib isyon qilişi haqida qörqinçli tasavvurlar bor. Maşina etikasi mutaxassisi inson faoliyati avtomatlaşuvida ehtimoliy salbiy holatlarni bartaraf etadi.
Maşinalarni yollovçi menejyer (robotlar uçun HR). Robotlar tölaqonli işçilarga aylangaç, ularni doimiy attestatsiyadan ötkazadigan mutaxassisga ehtiyoj paydo böladi. Menejyer robotlarning samadorligini nazorat qiladi, yaxşi işlaydiganlariga murakkabroq va nozikroq topşiriqlar beradi, öz vazifasini uddalay olmayotganlarni esa utilizatsiyaga yuboradi.
Kitobning asosiy ğoyasi: Insonlar sun’iy idrok davrida işsiz qolişdan, robotlar tomonidan siqib çiqarilişdan qörqmasliklari lozim. Iş hammaga yetadi. Faqat yangi kasblar paydo böladi va insonlardan bunga moslaşuvçanlik talab etiladi. Sun’iy idrok taraqqiy etgan sari ham öquvçi rolida qoladi, inson esa unga murabbiylik qiladi.
Saodat Abdurahmonova tayyorladi.
«Konspekt» ruknidagi boşqa maqolalar:
Nega ayrim jamiyatlar boy, ayrimlari kambağal?
Maşina va robotlar işsizlikka sababçimi? Iqtisodiyot qanday işlaşi haqida
Dunyo biz öylagançalik yomon emas: yangliş va negativ tasavvurlar qayerdan paydo böladi?












