«Sönggi vaqtda jahonda, şu jumladan, qöşni davlatlarda karantin çeklovlarining amal qiliş muddati uzaytirib borilayotgani, şuningdek yangi 2021 yil kirib kelayotganini inobatga olib, epidemiologik vaziyatning barqarorligini saqlab qoliş maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi», – deyiladi bayonotda.
Unga köra:
- vazirlik, idoralar, davlat uluşi bölgan korxonalar va boşqa taşkilotlariga turli xil korporativ bayram tadbirlari taşkil etiş taqiqlandi;
- vazirlik, idoralar, davlat uluşi bölgan korxonalar va boşqa taşkilotlariga korporativ bayram tadbirlaridan tejab qolingan mablağlarni ta'lim, soğliqni saqlaş, mehribonlik uylari va boşqa ijtimoiy sohalarga yönaltiriş tavsiya etildi;
- yuqoridagi çeklov restoran, kafe va boşqa umumiy ovqatlaniş obektlarida 30 kişidan oşmagan hamda sanitariya-gigiyena va karantin talablariga qat'iy rioya etgan holda bayram tadbirlarini ötkazişga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi;
- maktabgaça ta'lim taşkilotlari, umumta'lim maktablari hamda oliy ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvçilar, öquvçilar va talabalar iştirokida yopiq binolarda turli bayram tadbirlari va keçalarini taşkil etiş va ötkaziş taqiqlandi;
- fuqarolarga yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida ötkaziş tavsiya etildi;
- yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlar uçun möljallangan «Prezident arçasi» bayram tadbirlari faqatgina mehribonlik uylari va bolalar şaharçalari tarbiyalanuvçilari uçun ötkazilişi belgilandi, bunda tarbiyalanuvçilarning birgalikda bir maskanda istiqomat qilişi inobatga olindi;
- viloyatlar, tumanlar markazlari va şaharlarda oçiq osmon ostida arçalar örnatiş tavsiya etildi.
Ta'kidlanişiça, vazirlik, idoralar va boşqa davlat taşkilotlari hamda xöjalik birlaşmalari yangi 2021 yil bayrami tadbirlarini oila davrasida ötkaziş uçun xodimlarga zarur şart-şaroitlarni yaratiş çoralarini köradi.
Restoran, kafe, çoyxona va boşqa umumiy ovqatlaniş şoxobçalarida karantin çeklovlariga (mijozlarni joylaştirişda ijtimoiy masofani saqlaş, tibbiy niqobdan foydalaniş, 30 kişidan oşmagan holda töy va oilaviy marosimlarni ötkaziş, şuningdek, dezinfeksiya işlarini amalga oşiriş) qat'iy rioya etilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça mas'ul idoralarga tegişli topşiriq berildi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalarini hamda koronavirus infeksiyasiga qarşi kuraşiş borasidagi xorijiy mamlakatlar ijobiy tajribasini inobatga olgan holda jamoat joylarida niqobdan foydalaniş böyiça tarğibot işlarini kuçaytiriş nazarda tutildi.












