Reuters agentligi öz manbalariga asoslangan holda xabar berişiça, rossiyalik deb gumon qilinayotgan hakerlar AQŞ Moliya va Tijorat departamentlarining içki elektron poçtalarini kuzatib kelgan. Bundan xabardor insonlar bu aysbergning uçi bölişi mumkinligidan xavfsiraşmoqda.

Iş şunçalar jiddiyki, hakerlar Milliy xavfsizlik kengaşining Oq uyda bölayotgan yiğinigaça kira olişgan. AQŞ rasmiylari davlat idoralaridan biriga hakerlik hujumi bölgani haqidagi bayonotdan nari ötmagan. Lekin Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizlik agentligi va FQBga tekşiruv ötkaziş buyurilgan.

«Biz bu işga aloqador barça qadamlarni aniqlaştiriş va vaziyatni önglaş uçun zarur çoralarni köryapmiz», degan Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Jon Ullyot.

AQŞ hukumati hakerlik xuruji ortida kim turganini hali ommaga e'lon qilmadi, lekin tekşiruvda qatnaşayotganlardan birining aytişiça, kiberhujum ortida Rossiya turibdi. Umuman, bu katta kiberhujum kampaniyasining bir qismi deb qaralmoqda. Jumladan, ikki manbaning aytişiça, xurujlar yaqindagina FireEye kompaniyasiga ham uyuştirilgan. Kompaniya hukumat bilan kiberxavfsizlik böyiça yirik tijoriy şartnomalarga ega.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi feysbukdagi sahifasi orqali AQŞ ommaviy axborot vositalari AQŞ davlat idoralariga uyuştirilgan kiberhujumlarda Rossiya tomonini asossiz ayblaşga uringani haqida yozgan.