Buyuk Britaniya Rossiya Federal xavfsizlik xizmatini (FXX) siyosatçilar va rasmiy şaxslarga qaratilgan doimiy kiberhujumlarda aybladi. Bu haqda Bloomberg yozdi.
Qayd qilinişiça, Rossiya razvedkasi britaniyalik siyosatçilar, hukumat amaldorlari va tahliliy markazlarda işlaydiganlar, şuningdek, jurnalistlar va olimlarga qarşi uyuştirilgan yuzlab maqsadli hakerlik hujumlariga aloqador.
Buyuk Britaniyaning Yevropa işlari böyiça kotibi Leo Doerti sözlariga köra, «ular Britaniya siyosatiga aralaşiş uçun yuqori darajadagi şaxslar va taşkilotlarning ma’lumotlarini öğirlagan».
Bu harakatlar asosan şaxsiy elektron poçtalarni buziş va soxta akkauntlar yaratişdan iborat bölgan. Jabrlanganlar orasida Britaniya parlamenti deputati ham bor. Bundan taşqari, hakerlar guruhi 2019 yilgi parlament saylovlariga oid materiallarni öğirlagan.
Rossiya maxfiy xizmatiga aloqador Star Blizzard guruhi kamida 2015 yildan beri hakerlik bilan şuğullangan. Gap Rossiyaning Aloqa böyiça elektron razvedka markazi (71330-sonli harbiy qism) haqida borayotgani ta’kidlanmoqda.
Uşbu ayblovlar tufayli Britaniya taşqi işlar vazirligi Rossiyaning Londondagi elçisini çaqirtirdi. Bundan taşqari, Buyuk Britaniya Star Blizzard bilan aloqador ikki rossiyalik - razvedka ofitseri Ruslan Peretyatko va Aleksey Dogujiyev nomi bilan tanilgan Andrey Korinetsga qarşi sanksiyalar kiritdi.
Rossiyaning Londondagi elçixonasi uşbu ayblovlarga javoban «aniq dalillar keltirilmagani sababli, bu miş-mişlarga işoniş uçun zarraça sabab yöqligini» ma’lum qildi.

















