Keça, 14 dekabr kuni jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudida Söx voqealari yuzasidan 22 nafar şaxsga nisbatan jinoyat işini körib çiqiş davom ettirildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Bölib ötgan sud jarayonida sudlanuvçilar Bahodirjon Şodiyev, Yodgorjon Jörayev, Şoxzod Maxmadaliyev, Zaylobidin Zaylobov hamda Şoxrombek Olimovlar 31 may kun sodir bölgan voqea böyiça söroq qilindi.

Sud avvalida advokat Burxonjon Mamajonov raislik qiluvçiga 13 nafar şaxsning xulq-atvoridan kelib çiqib ularga tayinlangan uy qamoği ehtiyot çorasini bekor qiliş taklifini kiritdi. Advokat taklifi qanoatlantirişdan rad etildi.

Sudlanuvçi Bahodirjon Şodiyev: “Men Çaşmadagi janjalda qatnaşmagan bölsam, nima uçun bu yerdaman?”

“Opam Dilorom Şodiyeva Çaşmada yaşaydi. 31 may kuni uning uyiga borgandim. Opam pişirayotgan oşdan olib, kasalxonada yotgan akamni körib kelişni reja qilgandim. Köçaga çiqsam, hamma Çaşma buloği tomon ketyapti. Qirğiz va özbeklar örtasida janjal kötarilganini eşitdim. Janjalda men iştirok etmaganman. 2018 yilda davlatdan kredit olib, qoramollar olgan edim. Öşa yili qirğizlar Qayroq qişloğida mollarimizni haydab olib ketişgan edi. Öşanda qirğizlar bilan urişgan edik. Çaşma qişloğida bölgan uruşda iştirok etmagan bölsam, nega bu yerdaman? Haligaça tuşuna olmayapman. Tuşunişimça, öşa Qayroqdagi janjalda haqimizni talab qilib qirğizlar bilan urişganimdan keyin meni ham Çaşma voqeasida aloqasi bor deb öylagan bölsalar kerak. Tergov paytida boşimga qop kiygizilgan edi. Beldan pastki qismimga şunday urdilarki, natijada bir hafta yura olmay qoldim. Tergov jarayonida heç kim bilan yuzlaştirilmadim”, — deya körsatma berdi Bahodirjon Şodiyev.

Sudlanuvçi Yodgorjon Jörayev: “Çaşmadagi janjal vaqtida men kasalxonada bölganman”

“Oilada onam, opam va men yaşaymiz. Dadam ança yillar avval vafot etib ketgan. Oilaning boquvçisi menman. 31 may kuni dalada edim. Onamning qon bosimi oşib ketgani bois kasalxonaga tuşib qolgan edi. Daladan qaytib kelib, kasalxonaga ketdim. Kasalxonaga borsam tez yordam maşinalarida yaralanganlar olib kelinayotgan ekan. U yerda odam juda köp edi. IIB xodimlari töplanganlarni tarqatişga urinişardi. Kasalxonada ertalab soat 7 dan 7:30 largaça böldim. Onam bilan gaplaşdim. Amakimning öğli Savriddin Jörayevni IIB xodimlari urib jağini sindirişgan ekan. Kasalxonada amakivaççamni ham körib qoldim. Menga nisbatan kasalxonadagi ommaviy tartibsizliklarda qatnaşganlikda ayblov ilgari surişyapti. Lekin men unda iştirok etmaganman”, — dedi Yo.Jörayev.