Joriy yilning 12-13 noyabr kunlari Özbekiston Respublikasi Prezidentining Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida bölib ötgan yiğilişda hududni kompleks rivojlantirişning asosiy yönalişi etib tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantiriş belgilandi. 2021 yil Qaşqadaryo viloyatida «Tadbirkorlikni rivojlantiriş yili» deb e'lon qilindi. Manzilli tadbirlarni taşkil etiş maqsadida viloyatning tuman va şaharlariga vazirliklar, tarmoq va tijorat banklari mas'ul etib biriktirildi.

Bunda viloyatning şahar va tumanlaridagi tijorat banklar tomonidan aholida, birinçi navbatda yoşlar va ayollarda tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş uçun doimiy öqişlarni taşkil etiş, tadbirkorlarning biznes-rejalarini işlab çiqişda kömaklaşiş va şu asosda tadbirkorlik faoliyatini kengaytiriş vazifasi yuklandi. 

Xususan, topşiriq ijrosini ta'minlaş maqsadida Qaşqadaryo viloyatining Ğuzor hamda Dehqonobod tumanlarida «Özmilliybank»ning «Tadbirkorlikka öqitiş markaz»lari iş boşladi.

«Özmilliybank» AJ tomonidan faoliyati yölga qöyilgan markazlar, aholining tadbirkorlik bilan şuğullanişga bölgan qiziqişi va manfaatdorligini oşirişga, tadbirkorlik sohasida zaruriy könikmalarni şakllantirişga qaratilgan öqitiş tizimini joriy etiş, tadbirkorlik könikmasi va tajribasiga ega bölgan fuqarolar va turli kiçik biznes vakillari loyihalarini moliyalaştiriş orqali ularning faoliyatini kengaytirişga kömaklaşişga xizmat qiladi.

Barça zamonaviy qulayliklar, zarur texnik vositalar va resurslarga ega markazlarda tumanlarni rivojlanişiga kuçli turtki beruvçi iqtisodiy ösiş nuqtalari va drayver loyihalarni amalga oşirişga qaratilgan namunaviy biznes-rejalar, tadbirkorlik faoliyatini boşlaşda berilayotgan imtiyozlar, tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kreditlar va körsatilayotgan bank xizmatlari, tadbirkorlik asoslari, huquq, soliq va moliyaviy savodxonlikni oşiriş mavzularida «Özmilliybank» Boş ofisi malakali mutaxassislari tomonidan öquv seminarlari ötkaziş yölga qöyildi.

Ma'lumot örnida, joriy yil 11 dekabr kuni viloyatning Ğuzor va Dexqonobod tumanlaridagi «Tadbirkorlikka öqitiş markaz»larida Markaziy bank, Soliq qömitasi, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida taşkil etilgan öquv seminarlari jarayonida 110 dan ortiq fuqarolarga pista, kovrak, limon, uzumçilik, toğoldi boğdorçiligi va çorvaçilikni rivojlantiriş, quriliş materiallari işlab çiqariş va xizmat körsatiş loyihalarini taşkil etiş iqtisodiy samaradorligi, şuningdek tadbirkorlik faoliyatini qöllab quvvatlaş Davlat jamğarmasi tomonidan taqdim etilayotgan kafillik hamda  kompensatsiyalar, soliq ma'murçiligi, aholi bandligini ta'minlaşga qaratilgan bank kreditlari böyiça berilgan savollar yuzasidan atrofliça tuşuntirişlar berildi.