«OFK «Nasaf» klubini OFK kubogida o‘ynashi mumkin bo‘lgan jamoalar qatoriga qo‘shdi. Ammo klub Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok eta olmaydi.
Demak, «Paxtakor» OChL guruh bosqichida, OKMK esa OChL saralashida ishtirok etadi. OKMK saralashni muvaffaqiyatli bosib o‘tsa, «Nasaf» OFK kubogi guruh bosqichida o‘ynaydi. Ya'ni, «Nasaf» bugungi raqibi OKMK uchun saralashda muxlislik qilishiga to‘g‘ri keladi», - deya yozadi Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.

Avvalroq, «Nasaf» klubi OChLda ishtirok etish uchun belgilangan talablarni bajara olmagani tufayli OChL litsenziyasini ololmagani haqida xabar qilingandi.









