Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Musobaqalar qömitasi 2026/27-mavsumdan boşlab, qit’aning asosiy klublar turniri - Osiyo Çempionlar Ligasi Elita guruh bosqiçi iştirokçilari sonini 24 tadan 32 tagaça oşirişni tavsiya etdi.
Yangi tuzilmada turnir ikkita mintaqaga bölinişni saqlab qoladi - şarqiy va ğarbiy zonalarda 16 tadan klub. Guruh bosqiçi natijalariga köra, har bir mintaqada birinçi-oltinçi örinlarni egallagan jamoalar 1/8 finalga yöl oladi. Yettinçi va öninçi örinlarni egallagan klublar pley-off bosqiçida kuraşni davom ettiradi, uning ğoliblari 1/8 final bahslariga qöşiladi.
Şu bilan birga, xalqaro taqvimning haddan taşqari bandligi sababli 2026/27-mavsumda saralaş bosqiçi bölmaydi - uni keyingi mavsumlarda joriy etiş rejalaştirilgan.
Islohotlar turnirning geografik qamrovini kengaytiriş va tijoriy jozibadorligini oşirişga qaratilgan. Barça qarorlar OFK Ijro qömitasi tomonidan tasdiqlanişi kerak, deyiladi xabarda.
Kvotalar qanday taqsimlanişi keyinroq e’lon qilinadi.








