Uşbu nufuzli reytingda mustaqil Özbekiston tarixida ilk marta mamlkatimizning bir yöla törtta oliy ta'lim muassasasi eng kuçli universitetlar qatoridan örin egalladi. Bular:
- Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaştiriş muhandislari instituti (251-300);
- Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti (351-400);
- Samarqand davlat universiteti (351-400);
- Toşkent davlat texnika universiteti (351-400).
QS xalqaro reyting agentligi kuçli universitetlar reytingini tuzişda ularning akademik nufuzi (30 foiz), iş beruvçilar örtasidagi nufuzi (20 foiz), öqituvçilar va talabalar miqdori mutanosibligi (10 foiz), professor-öqituvçilarning ilmiy faolligi (10 foiz), ilmiy maqolalarning öqilişi, ularga nisbatan berilgan iqtiboslar soni (5 foiz), xorijiy öqituvçi va xodimlar (2,5 foiz) hamda talabalar (2,5 foiz) uluşi va şu kabi boşqa muhim jihatlar asos qilib olinadi.
Reytingni tuzişda dunyoning 102 ming nafardan ortiq olimlar, öqituvçi va OTMlar rahbarlari, 52 ming nafardan ziyod iş beruvçi kompaniyalar vakillari, qolaversa, QS mutaxassislari ham ekspert sifatida iştirok etgan.
«Bu yil Özbekiston universitetlari köp jihatdan Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi va universitetlarning tizimli foliyati tufayli hududiy reytingdagi iştirokini kengaytirdi. Biz Özbekiston hukumati va vazirlikning mamlakat oliy ta'limining global raqobatbardoşligini oşiriş hamda OTMlarning xalqaro akademik guruhlarda tanilişiga erişiş yölida olib borayotgan işlarini yuqori baholaymiz», deydi QS tahliliy markazi direktori Ben Sauter.
Reytingda eng yuqori örinlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Tartus universiteti (Estoniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) va Karlov universiteti (Çexiya) egallagan.
Ma'lumot uçun, dunyoda ta'lim sifatini baholovçi köplab reyting tizimlari bölib, ulardan xalqaro miqyosda tan olinadigan Times Higher Education (THE), Quacquarelli Symonds (QS) va Academic Ranking of World Universities (ARWU) Şanxay reyting kompaniyalari özining nufuzi bilan dunyoga maşhur.
2018 yilda Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi QS va Times Higher Education xalqaro reyting agentliklari bilan respublika OTMlarini xalqaro reytinglarga kirişga tayyorlaş böyiça strategik şartnoma imzolangan.











