Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 18 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining videoanjuman şaklidagi majlisi bölib ötdi.

Sammitda transport yölaklari raqobatbardoşligini oşiriş, texnik reglament va standartlarni uyğunlaştiriş, özaro kelişilgan tarif siyosatini amalga oşiriş va preferensiyalarni özaro taqdim etiş transport sohasidagi muhim vazifalar sifatida belgilandi.

«Özbekiston barça sanitariya talablariga rioya etgan holda özaro aviaqatnovlarni imkon qadar tez fursatda qayta yölga qöyiş tarafdoridir. Bu işbilarmonlik, gumanitar va sayyohlik almaşinuvlarini tiklaşga xizmat qiladi», deya ta'kidladi prezident Şavkat Mirziyoyev.

MDH mamlakatlarining hamdöstlik davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan fuqarolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qiliş masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Şu munosabat bilan Özbekiston rahbari mehnat migrantlari hujjatlarini özaro tan olişning yagona mexanizmini yaratiş va bu sohada alohida dastur qabul qiliş vaqti kelganini qayd etdi.