“Men Xanter Bayden yoki Bayden oilasiga qarşi olib borilişi mumkin bölgan tergovga aloqam yöq. Şunçaki yana bir yolğon xabar. Aslida, menga buni kuzatiş qayğuli”, deb yozgan Tramp tvitterda.

11 dekabrda The Wall Street Journal naşri Tramp 3 noyabrda ötgan prezident saylovlaridagi ehtimoliy soxtalaştirişlar hamda Xanter Bayden faoliyatiga taalluqli masalalarni tergov qiliş uçun maxsus prokuror tayinlanişga erişmoqçiligini ma'lum qilgan. 

Oktyabrda OAV ixtiyoriga Xanter Baydenning elektron yozişmalari tuşgan. Uşbu yozişmalardan Xanter Bayden Ukrainaning Burisma kompaniyasi vakiliga öz otasi Jo Bayden AQŞ vitse-prezidenti bölganda u bilan uçraşuvni taşkillaştirgan bölişi mumkinligi kelib çiqadi. Yozişmalar, şuningdek, Bayden oilasi va Xitoy kompaniyalari örtasida moliyaviy aloqalar borligidan darak berişi mumkin.