«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning Kun.uz muxbiriga ma'lum qilishicha, mazkur chegirmalar talabalar va o‘quvchilarning qishki o‘quv ta'tilini maroqli o‘tkazishi hamda mamlakat bo‘ylab sayohat qilishiga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilmoqda. 

«Qo‘shimcha ma'lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l kassalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olish mumkin», deyiladi xabarda.