2026/27 öquv yilidan abituriyentlarga oltinçi ta’lim yönalişini tanlaş imkoniyati ham beriladi. Bu amaliyotni keyingi haftadan boşlaş rejalaştirilgan.
Oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalari e’lon qilindi. 18-avgust kuni Oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi ötkazgan matbuot anjumanida qabul natijalari, ötiş ballari, sertifikat va imtiyozlar, yotoqxona masalasi hamda kelgusidagi özgarişlar haqida ma’lumot berildi. Kun.uz anjumanda yangragan eng muhim raqam va yangiliklarni keltirib ötadi.
Joriy yilda davlat granti böyiça örtaça ötiş bali 134,6 ball, tölov-kontrakt asosida esa 93,7 ballni taşkil etdi. Ötgan öquv yilida bu körsatkiçlar mos ravişda 121,8 va 84,9 ball bölgan.
Qabul jarayonida sertifikatga ega abituriyentlar soni ham sezilarli bölgan. Joriy yilda 193 ming nafar abituriyent umumta’lim fanlari, yana 125 ming nafari çet tillari böyiça milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bölgan.
Vazirlik vakili kelgusida sertifikatga ega abituriyentlarga maksimal ball beriş tartibi qayta körib çiqilişi mumkinligini bildirdi.
Oltinçi yönaliş oçiladi
2026/27 öquv yilidan abituriyentlarga oltinçi ta’lim yönalişini tanlaş imkoniyati ham beriladi. Uşbu amaliyotni avgust oyining keyingi haftasidan boşlaş rejalaştirilgan.
“Oltinçi yönalişda qayerda vakant qolgan bölsa va bu yönaliş abituriyentning fanlar majmuasiga mos bölsa – tanlaş imkoniyati oçib beriladi. Buni keyingi haftaga reja qilyapmiz”, - dedi vazir örinbosari Sardor Rajabov.
Abituriyentlar bilimi oşdi
Joriy öquv yilida minimal ötiş balli (maksimal ballning 30 foizi) – 56,7 balldan kam natija töplagan abituriyentlar 233 935 nafarni, ya’ni jami abituriyentlarning 37,54 foizini taşkil etdi. Bu körsatkiç sönggi yillarda izçil pasayib bormoqda. Şu bilan birga, sönggi yillarda OTMga hujjat topşirayotganlar soni ham sezilarli qisqargan
















