Amaldagi tartibga köra, talabalar öqişini bir oliy ta’lim taşkilotidan boşqasiga, avvalo, mos va turdoş ta’lim yönalişlariga köçirişga ruxsat beriladi.

Agar muayyan hududda mos yoki turdoş ta’lim yönalişi mavjud bölmasa, belgilangan holatlarda turdoş bölmagan ta’lim yönalişiga ham öqişni köçiriş mumkin.

Xususan, bunga quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

- talaba turmuş qurgani munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy ta’lim taşkilotiga öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda;

- davlat organi xodimining iş joyi tegişli vazirlik yoki idora tomonidan boşqa hududga özgartirilganda, uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi tegişli vazirlik yoki idora rahbarining tavsiyasi asosida öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda.

Şuningdek, oliy ta’lim taşkilotlari, tizimida OTM mavjud bölgan vazirlik va idoralar hamda Özbekiston ta’lim taşkilotlariga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining qarorlari asosida talabalar öqişini köçiriş yoki qayta tiklaş mumkin.

Mazkur tartib Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13 sentyabrdagi 578-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim taşkilotlari talabalari öqişini köçiriş, qayta tiklaş va öqişdan çetlaştiriş tartibi töğrisidagi nizomda belgilangan.