2020 yilning 1-18 dekabrida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining oçiq birja savdolari orqali 2,8 trln sömlik tovar resurslari sotildi. Bu ötgan yilning mos davri bilan soliştirganda 33% ga köpdir. Sotuvçi va xaridorlar şaffof birja savdolarida erkin iştirok etişdi.
Körib çiqilayotgan davrda birja savdolari orqali 100,3 ming tonna texnik paxta çigiti va 7,1 ming tonna paxta yoği sotildi. Ötkazilgan savdolar natijasida paxta yoğining örtaça narxi joriy yilning noyabr oyiga nisbatan 3,7% ga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uçun 12 578,6 ming sömni taşkil qildi (1 litri – 11 572,3 söm).
Dekabr oyida birja savdolariga 315,3 ming tonna sement mahsulotlari qöyilgan bölib, bu joriy yilning noyabr oyiga nisbatan qariyb ikki marotabaga kamdir. Şu bilan birga, sementning örtaça boşlanğiç narxi sotuvçi korxonalar tomonidan örtaça 455,1 ming sömdan 472,8 ming sömga, ya'ni 4% ga kötarildi. Natijada sementning dekabr oyidagi örtaça narxi joriy yilning noyabriga nisbatan 6% ga ösib, mahsulotning bir tonnasi uçun 559,5 ming sömni taşkil qildi.
Xuddi şunday AI-80 rusumli avtomobil benzini sotuvçilarining boşlanğiç bahosi ham noyabr oyiga nisbatan 8,5% ga kötarilib, örtaça 5 691 ming sömni taşkil qildi. Öz navbatida benzinning birjadagi narxi mos tarzda 8% ga ösdi va mahsulotning bir tonnasi uçun 5 731,7 ming sömni taşkil etdi (benzinning bir tonnasi örtaça – 1293-1370 litr).
Şuningdek, dekabr oyida Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasida oltinning sotuvi böyiça maksimal körsatkiç qayd etildi. Xususan, birja savdolari orqali 75 kg oltin sotilib, qimmatbaho metallning bir grammi örtaça 615,9 ming sömni taşkil qildi.
«ÖzRTXB» AJ PR bölimi












