Amerikaning Apple texnologik korporatsiyasi sun’iy intellekt (SI)ni smartfon va boşqa qurilmalarning ajralmas qismiga aylantirmoqçi. Apple 10 iyun, duşanba kuni Kaliforniyaning Kupertino şahridagi ştab-kvartirasida bölib ötgan Worldwide Developers Conference (WWDC 2024) işlab çiquvçilar konferensiyasida Apple Intelligence (AI) sun’iy intellekt tizimini yaratiş uçun SI sohasidagi yetakçilardan biri - OpenAI bilan hamkorlik qilişi töğrisida ma’lumot berdi. 

Tadbirda Apple qurilmalari uçun operatsion tizimlarning yangi versiyalari – iOS 18, iPad OS 18 va MacOS Sequoia’ga integratsiyalaşuvi kutilayotgan SIga asoslangan funksiyalar töplami namoyiş etildi. OpenAI bilan hamkorlik doirasida kompaniyaning talab böyiça matn, tasvir va boşqa kontent yaratişga qodir ChatGPT çat-boti iPhone, iPad va boşqa Apple qurilmalariga örnatiladi. 

Ayfonlarning yangi funksiyalari va imkoniyatlari 

Xususan, Apple Intelligence matnni avtomatik tuziş, ilovalar böyiça ma’lumotlarni umumlaştiriş, elektron poçta xabarlarini oliş va maxsus emodzilar yaratiş imkoniyatiga ega böladi. Boşqa narsalar qatorida, Siri ovozli yordamçisi SI funksiyalari yordamida butunlay qayta işlab çiqiladi. Şu bilan birga, ma’lumotlarni himoya qiliş mexanizmlari Apple Intelligence’ga integratsiya qilinadi. Maxfiylikni ta’minlaş maqsadida barça ma’lumotlar qurilmalarning özida qayta işlanadi, deya xabar berilgan qöşimça ravişda. 

OpenAI boş direktori Sem Altmanning aytişiça, kompaniya «bu yil öz qurilmalariga ÇatGPT’ni integratsiya etiş uçun Apple bilan hamkorlik qilişdan xursand böladi». Öz navbatida, Apple boş direktori Tim Kuk sun’iy intellekt sohasidagi sönggi işlanmalar foydalanuvçilarning Apple mahsulotlari bilan işlaş tajribasini «yangi çöqqilarga» kötarişini va SI funksiyalari kelajakda ajralmas bölib qolişini ta’kidladi. Şu paytgaça uning korporatsiyasi SIdan foydalaniş böyiça raqobatçilardan, xususan, Google va Microsoft’dan sezilarli darajada ortda qolib ketgan. 

Mask ma’lumotlar xavfsizligiga tahdid haqida ma’lum qildi 

Şu bilan birga, Apple rejalari amerikalik tadbirkor Ilon Mask tomonidan qattiq tanqid qilindi, u 2015 yilda OpenAI asosçilaridan biri bölgan, biroq uç yildan söng kompaniyani tark etgan va keyinçalik tijorat yönalişi tufayli unga qarşi da’vo arizasi bergan. Mask sözlariga köra, u ma’lumotlar xavfsizligiga tahdid tufayli iPhone’ni öz kompaniyalarida taqiqlaydi. «Apple sizning ma’lumotlaringizni OpenAI’ga işonsa, nimalar bölişi mumkinligini hatto tasavvur ham qila olmaydi», deb yozgan u.