Kun.uz yoritgan voqelik yuzasidan jinoyat işi oktabr oyida qözğatilgan edi.
Samarqand viloyati prokuraturasi axborotiga köra, xonandaga nisbatan 21 dekabr kuni sud ajrimiga asosan qamoq ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jasur Umirovga Jinoyat kodeksining 118-moddasi 3-qismi «a» bandi (şaxsning 18 yoşga tölmaganini bila turib nomusga tegiş) bilan ayblov e'lon qilingan.
Ayblov sudda isbotlansa, sudlanuvçi 10 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.
Dastlabki tergovni viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi olib bormoqda. Tergovni viloyatning yangi prokurori alohida nazoratga olgan.
«Voyaga yetmagan Ş.M. advokati M.Rustamova bilan birgalikda viloyat prokuraturasiga murojaat etgan.
Murojaat Samarqand viloyat prokurori R.Maşaripov tomonidan örganilib, ariza muallifi advokati M.Rustamova iştirokida özi rahbarligida viloyat prokuraturasi va IIB mas'ullari iştirokida 2020 yil 18 dekabr kuni qabul qilinib, jinoyat işi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingani va tez kunlarda qonuniy qaror qabul qilişi ta'kidlandi.
Jinoyat işi tergovi viloyat prokurori R.Maşaripov tomonidan alohida nazoratga olindi», – deyiladi Samarqand viloyati prokuraturasi axborotida.

Foto: Samarqand viloyati prokuraturasi
Eslatib ötamiz, Kun.uz Samarqandda litseyning birinçi kursini endigina tamomlagan samarqandlik qizning nomusiga tegilgan bölişi mumkinligi haqida sentabr oyida jurnalist suriştiruvi e'lon qilgan edi. Bunga qadar Kattaqörğon tuman IIB mazkur holatda jinoyat alomatlari bölmagan, deb topib, jinoyat işi qözğatişni rad etgan.








