Qayd etilişiça, avval turli hududlar FHDYo bölimlarining iş vaqti har xil bölgan. Masalan, Toşkent şahrida duşanba — dam oliş kuni bölgan bölsa, boşqa hududlarda iş kuni edi. Bu holat mazkur ma'lumotga ega bölmagan aholiga noqulaylik tuğdirgan.
Davlat xizmatlari agentligi mutaxassislari tomonidan uşbu masala qayta körib çiqilib, FHDYo bölimlarining töliq iş vaqti duşanba – juma kunlari etib belgilandi.
Endilikda FHDYo bölimlari tomonidan şanba kunlari ham 9:00dan 15:00ga qadar aholiga xizmat körsatiladi.
Bunda, mehnat qonunçiligiga töliq rioya qilingan holda şanba kunlari işlaydigan xodimlarning umumiy iş vaqti haftasiga 40 soatdan ortmaydi.
Mazkur yangilik aholiga qöşimça qulaylik yaratişda FHDYo sohasida oldinga taşlangan yana bir qadam böldi, deyiladi DXA ma'lumotida.












