IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, S.X. janjal davomida qölidagi sovuq qurol hisoblangan “pakki” piçoği bilan fuqaro R.M.ning bel va öng lunj sohasiga tan jarohati yetkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, R.M.ning tanasida “bel sohasi çap yarmi sançib kesilgan jarohati. Öng lunj sohasi kesilgan jarohat”lari mavjudligi, ular oğirlik darajasi böyiça “örtaça oğir” tan jarohatlari hisoblanişi körsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Şayxontohur tumani böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.