Özbekiston Rossiyaga işlaş uçun borişni rejalaştirgan mehnat migrantlarini emlaş maqsadida 1 mln doza "Sputnik V" vaksinasiga buyurtma berdi, deb ma'lum qildi Rossiyaning Özbekistondagi elçisi Vladimir Tyurdenev.

"Rossiyada işlagani ketayotgan mehnat migrantlarini emlaş uçun 1 million doza preparat yetkazib beriş böyiça kelişuv imzolandi", - dedi Tyurdenev.

Uning aytişiça, 2021 yilda Rossiyaning koronavirusga qarşi ikkinçi - "EpiVakKorona" vaksinasini sotib oliş böyiça kelişuv imzolanişi rejalaştirilgan.

Elçining gaplarini hozirça Özbekiston tomonida heç kim tasdiqlamadi.

4 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning şaxsan özi koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasini Toşkentga olib kelgandi.

Ma'lumot uçun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarşi vaksina sifatida röyxatdan ötkazilgan.