Vazirlik xabariga köra, vaksinalarni Sanitariya epidemiologiya xizmati boşliğining birinçi örinbosari Xolmamat Norboyev qabul qilib olgan.
«Mamlakatga namunalar sinovdan ötkaziş, röyxatga oliş va Özbekiston hududida sanoat uslubida işlab çiqariş uçun taqdim qilindi», – deyiladi xabarda.
Ma'lum qilinişiça, ayni vaqtda Rossiya vaksinasining sinovlari Belarus, Venesuela, BAA va Hindiston kabi davlatlarda ötkazilmoqda. Xorijdan turib vaksina sinovlarida qatnaşayotganlarning umumiy soni 5 ming kişidan, mamlakat içidagi köngillilar esa 40 ming kişidan oşib ketgan.
Şuningdek, hozirgi kunda Hindiston, Braziliya, Xitoy, Janubiy Koreya va yana 4 ta mamlakatdagi zavodlarda «Sputnik V» vaksinasini işlab çiqariş hajmini yiliga 500 million dozaga çiqariş borasida kelişuvga erişilgan.
Ma'lumot uçun, Rossiyada avgust oyida «Sputnik V» vositasi koronavirusga qarşi vaksina sifatida röyxatdan ötkazilgan.
Rossiyada işlab çiqarilgan koronavirusga qarşi «Sputnik V» vaksinasining 1 dozasi narxi xorij bozori uçun $10dan oşmaydi. Şuningdek, vaksina samaradorligi dastlabki emlaşdan 42 kun ötib, 95 foizdan oşgani ma'lum qilingandi.
Ayni damda dunyoda AQŞ, Britaniya, Xitoy, Fransiya va Germaniyada koronavirusga qarşi vaksina işlab çiqariş işlari davom etmoqda. Oldinroq Britaniyada ham keyingi haftadan koronavirusga qarşi ommaviy emlaş boşlanişi ma'lum qilingan edi.











