Şundan kelib çiqib, qator mamlakatlar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni vaqtinça töxtatdi. Xöş, dunyo ahlini tahlikaga solib turgan koronavirusning mutatsiyaga uçragan ştammi qançalik xavfli, u infeksiyaning hozirgi şaklidan qanday farq qiladi? SSV matbuot xizmatining şu kabi savollariga vazirlik huzuridagi Koronavirusga qarşi kuraşiş ştabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi.

“Biz şuni unutmasligimiz kerakki, har qanday virus atrof-muhitga moslaşiş davrida mutatsiyaga uçraydi. Mutatsiyaning qançalik keng kölamda bölişi virus tarqaluvçanligi bilan boğliq, ya'ni kasallikni yuqtirgan har uçinçi, törtinçi odamda bu virus mutatsiyasi kuzatiladi. Koronavirusning keng tarqalayotgan mutatsion ştammi sentyabr oyida birinçi bor Buyuk Britaniyada aniqlangan, bugungi kunda 60dan ortiq hududda bu ştamm kuzatilayotgani haqida ma'lumotlar mavjud.
Olimlar kuzatişi böyiça COVID-19’ning mazkur ştammi köproq bolalar va yoşlarda aniqlanmoqda hamda kasallik belgilarida deyarli özgariş yöq. Lekin bu ştamm aniqlanganiga hali köp vaqt bölmagani bois, kasallikning oğir va öta oğir darajada keçuvi haqida ma'lumotlar yetarli emas. Bu esa bizni yanada huşyor bölişga çorlaydi”, - deydi ştab a'zosi.
Uning ta'kidlaşiça, yangi ştamm tahlillari mutatsiyadan söng virusning toj oqsillarida özgariş bölganini körsatmoqda. Bular virusning odam tanasi hujayralari qobiğidan ötib, içkariga kirişida kalit vazifasini ötovçi qismidir. Virus şu tojlar orqali tana hujayrasi yuzasi bilan kontaktga kirişadi. Işlab çiqilayotgan vaksinalar koronavirusning taşqi qobiği, ya'ni yoğ kislotasi mavjud S-oqilli qobiğiga ta'sir qiladi. Koronavirus mutatsiyaga uçrab, öz genetik ştammini özgartirsa ham vaksinalar uning yangi ştammlariga ta'sir körsatişi töğrisida Buyuk Britaniya va Rossiya olimlari ta'kidlab kelmoqda.
“Vaksina immun tizimini virusning turli tarkibiy qismlariga hujum qiliş uçun tayyorlaydi, bu esa tojning muayyan qismi mutatsiyaga uçrasa ham, vaksina samarasi saqlanib qolişini anglatadi. Dunyo olimlari virus vaksinaga qarşi tura oladigan mutantlarni keltirib çiqarsa, koronavirusga qarşi vaksinalarni kasallikka moslaştirib boriş mumkinligi haqida aytişmoqda.
Ungaça kasallikdan himoyalaniş uçun esa, doimiy ravişda karantin va şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiliş, soğlom turmuş tarziga amal qiliş kerak. Jumladan:









