Janubiy Koreyaning SsangYong kompaniyasi bankrot bölgani töğrisida sudga ariza berdi. Avtogigantning muddati ötib ketgan qarzdorligi 315,3 milliard vonga (285 million dollar) yetadi, deb yozmoqda The Korea Times.
Avtokonsern koronavirus pandemiyasi keltirib çiqargan iqtisodiy oqibatlar sababli moliyaviy muammolarga duç kelgan.
Korporatsiyaning qarzdorligi uning kapitali 42 foizini taşkil etadi. U xorijlik investorlardan 100 milliard von (90 million dollar) miqdorida qarzdor. Janubiy koreyalik kreditorlar va Koreya taraqqiyot banki oldidagi qarzdorligi esa 215 milliard vonga (194 million dollar) yetgan.
"SsangYong Motor bankrotlik jarayonini boşlaş uçun ariza berdi, çunki xorij banklari oldidagi qarzdorlikni söndiriş muddatini uzaytiriş böyiça kelişuvga erişiş imkoniyati yöqligi sababli kompaniya işida sezilarli muammolar paydo böladi", - deyiladi kompaniya bayonotida.












