Joriy yilning boşidan buyon Özbekiston respublika tovar-xomaşyo birjasining savdo tizimlari orqali 91,3 mln AQŞ dollarlik mahalliy mahsulotlar eksport qilindi.

Eksport böyiça yirik bitimlar polietilen (52%), neft mahsulotlari (13%) va paxta tolasi (12%) böyiça amalga oşirildi. Sotuvlarning qolgan qismini polipropilen, suyultirilgan gaz va boşqa mahsulotlar egalladi.

Birja mexanizmi orqali amalga oşirilgan eksportning katta hajmi Qozoğiston – 20%, Tojikiston – 15%, Rossiya Federatsiyasi – 13% va Turkiya – 12% davlatlariga töğri keladi.

Şuningdek mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaş va içki bozorda narx-navo barqarorligini saqlaş maqsadida birja mexanizmlaridan foydalangan holda import şartnomalari ham tuzildi.

Xususan ötgan davrda birjaning xorijiy savdo maydonçalari yordamida 30,6 mln AQŞ dollarlik oziq-ovqat mahsulotlari, mineral öğitlar va neft mahsulotlari import qilindi.

Birjada talabgor oziq-ovqat mahsulotlari importini oşiriş va jadallaştiriş maqsadida xorijiy kompaniyalarni röyxatdan ötkaziş soddalaştirildi hamda ular savdolarda iştirok etişi uçun zakalat summasi bekor qilindi va komission yiğimlardan ozod qilindi.

Şuningdek, joriy yilda birjaning Rossiyada (3 ta), Ukrainada (1 ta), Qozoğistonda (2 ta) va Tojikistonda (1 ta) yangi savdo maydonçalari taşkil qilinib, 41 ta xorijiy kompaniyalar Birja tizimida akkreditatsiyadan ötkazildi. Natijada birjaning xorijiy savdo maydonçalari soni 14 taga yetdi.

E'tiborli jihati, bugungi kunda uçinçi tomon vakillari ham birjaning taşqi savdo tizimlari va xorijiy savdo maydonçalarining imkoniyatlaridan foydalanişga qiziqiş bildirişmoqda. Misol tariqasida Qirğiziston tadbirkorlari özbek birjasining Qozoğistondagi savdo maydonçasi orqali mahsulotlarni xarid qilişni rejalaştirişmoqda.

Ayni paytda ötkazilgan muzokaralar natijasida Qozoğiston, Ukraina, Belarus va Rossiyaning arzon narxlarida buğdoy, ösimlik yoği, şakar, mol göşti mahsulotlari birja savdolarida sotilişi yölga qöyilmoqda.

Misol uçun, Qozoğistonning «Den» kompaniyasidan 166,7 ming AQŞ dollarlik 700 tonna buğdoy mahsuloti (1 kg uçun 2 481,7 söm), Belarus davlatining «Borisovskiy myasokombinat» OAJ dan 116 ming AQŞ dollarlik 40 tonna mol göşti (1 kg uçun 30 238,3 söm) birja orqali sotildi.

«ÖzRTXB» AJ PR bölimi