Sport | 20:25 / 24.12.2020
3683
2 daqiqa o‘qiladi

«Yangi yilga sport bilan!» - Sport vazirligi ommaviy sport festivaliga taklif etadi

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Espors Uzbekistan, Full Level Espors hamda UZREPORT va FUTBOL TV telekanallari bilan hamkorlikda 2020 yil 28-29-30 dekabr kunlari «Yangi yilga sport bilan!» shiori ostidagi yangi mega loyiha – ommaviy sport festivalini taqdim etadi.

Unda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan shaxslar sportning mini-futbol, stritbol, basketbol, velosport, yugurish, dars, arqon tortish, badminton, armrestling, tosh ko‘tarish, stol tennisi hamda «Workout» (ko‘cha fitnesi) yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishlari mumkin.

Shuningdek, festival doirasida yilning eng yirik turnirlari – shaxmat bo‘yicha onlayn O‘zbekiston chempionati hamda Kibersport bo‘yicha Grand finallar tashkil etiladi.

Festival ishtirokchilari tashkilotchilar tomonidan maxsus sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

«Yangi yilga sport bilan!» shiori ostidagi ommaviy sport festivallari respublikamizning barcha viloyatlarida o‘tkaziladi. Toshkentdagi Grand final esa «Milliy» stadionda tashkil etiladi.

«Yangi yilga sport bilan!» festivalida qatnashish uchun qaysi manzilda ro‘yxatdan o‘tish mumkin?

«Yangi yilga sport bilan!» shiori ostida o‘tkazilayotgan ommaviy sport festivalida qatnashish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

Ushbu forms.gle/zF3yRm2F7uyswsbX9 manziliga kiring va ro‘yxatdan o‘ting. «Yangi yilga sport bilan!» shiori ostidagi ommaviy sport festivali ishtirokchisiga aylaning.

Yilning yirik sport festivalida qatnashing va yangi yilni sport bilan qarshi oling!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid