Yoşlar işlari agentligi Yoşlar siyosati va sport vazirligi tarkibidan çiqarilib, Vazirlar Mahkamasi böysunuviga ötkazildi.
Yoşlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi taşkil etildi.
Bu – bugun, 20 yanvar kuni imzolangan “Yoşlar siyosati va sport sohasida davlat boşqaruvi tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmonida belgilangan.
Hujjatga köra, Sport vazirligi Toşkentning Abdulla Qodiriy köçasi 2-uy manzilida, Yoşlar işlari agentligi esa Alişer Navoiy köçasi 11-uy manzilida joylaşadi.

Eslatib ötamiz, 2022 yil dekabriga qadar yoşlar siyosatini Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligi, sport siyosatini esa Özbekiston Respublikasi Sportni rivojlantiriş vazirligi yuritib kelgan, söng Özbekiston Respublikasi Yoşlar siyosati va sport vazirligi taşkil etilib, agentlik uşbu vazirlik huzuriga ötkazilgandi.












