Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi negizida Turizm va sport vazirligi taşkil etilgan edi. Yangi vazirlik öz tasarrufiga kiruvçi respublikadagi bolalar-ösmirlar sport maktabi direktorlariga mehnat şartnomasini bekor qiliş töğrisida ogohlantiriş xatlari yuborgan.
Kun.uz holat böyiça suriştiruv olib borib, bir neça maktab direktorlari bilan suhbatlaşdi.
Tahririyatga murojaat qilgan Andijon viloyatidagi sport maktabi direktorining aytişiça, ogohlantiriş xatlariga majburiy imzo qöydirişyapti. Vaholanki, sport maktablari tugatilgani yöq. Ular öz iş faoliyatini olib bormoqda.
«Bir qança muddat oldin menga 2 oyda işdan böşaş töğrisida ogohlantiriş xati keldi. Keyin bilsam, bunday xat respublikadagi barça sport maktablari direktorlariga kelayotgan ekan.
Şunça yillik iş tajribamiz bor. Keyin, bu maktablar tugatilgani yöq. Iş faoliyatini olib boryapti. Şunça odam işsiz qoladimi endi?» – deydi ogohlantiriş xati olgan sport maktabi direktorlaridan biri.

Xatga e'tibor qaratilsa, sport maktablari direktorlariga ular bilan tuzilgan mehnat şartnomasining Mehnat kodeksi 100-modda 2-qism 6-bandiga asosan bekor qilinişi töğrisida ogohlantiriş xati berilgan.
MKning 100-modda 2-qism 6-bandiga köra, mulkdor almaşgandagina mehnat şartnomasi bekor qilinişi körsatilgan.
Demak, oldingi ikki vazirlik negizida tuzilgan Turizm va sport vazirligi öz ogohlantiriş xatini mulkdorning almaşgani sababli sport maktabi direktorlariga yubormoqda.
Turizm va sport vazirining matbuot kotibi Lola Rahmanbayevaning izohlaşiça, prezidentning 2021 yil 6 apreldagi 5054-son qarori bilan Turizm va sport vazirligining taşkiliy tuzilmasi, markaziy apparati va hududiy taşkilotlari tuzilmasi tasdiqlangan, şu munosabat bilan muayyan lavozimlarda işlovçi xodimlar bilan mehnat munosabatlarida özgarişlar yuz bermoqda.
Ammo aynan maktab direktorlarining mehnat şartnomalari bekor qilinişi böyiça savol oçiq qolmoqda.
Endi tabiiy savol tuğiladi: Bu holatda haqiqatan ham mulkdor (iş beruvçi) almaşdimi?












