Özbekistonda OAV va blogerlar internetdagi çiqişlari ostida qoldirilgan qonunga zid izohlarni xabarnoma olgaç öçirişlari lozim.
Uşbu tartib 23 dekabrdagi hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevning qayd etişiça, uşbu qaror OAV va blogerlarning takliflarini inobatga olgan holda qabul qilingan.
«Qarorda nimalar nazarda tutilmoqda?
Eng avvalo, muştariylar tomonidan qoldirilgan komment uçun OAV va blogerlar javobgar böladi, degan qoida yöq. Gap faqat Özbekiston qonunçiligi bilan tarqatilişi taqiqlangan axborotlarni olib taşlaş töğrisida xabarnoma yuboriş haqida ketmoqda.
Xabarnoma yuboriş tartibi qanday böladi?
- Aytaylik, qaysidir OAV yoki blogerning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga kimdir qonunga zid kommentariy (terrorizm, diniy yoki milliy adovat, jinoyatçilikka da'vat, haqorat va şu kabilarga oid) qoldirdi.
- Agar kommentlar juda köp bölsa, buni OAV yoki bloger doimiy nazorat qila olmaydi. Şu sababli körmay qolgan kommenti uçun javob bermaydi. Bu mantiqan ham töğri.
- Bunday kommentni AOKAning Monitoring markazi aniqlasa, unda OAV yoki blogerga elektron ravişda skrinşotlari bilan xabarnoma yuboradi.
- Unda OAV yoki blogerdan xabarnomani olgandan keyin (izoh qoldirilgandan keyin emas) 24 soat içida öşa kommentni öçiriş söraladi.
- OAV yoki bloger öşa kommentni öçiradi.
Ammo bir muhim joyi, mazkur xabarnoma OAV yoki blogerga albatta öşa kommentni öçiriş majburiyatini yuklamaydi. Bu öz nomi bilan xabarnoma xolos. Ya'ni xohlasa öçiradi. Bu komment qonunga zid emas, deb hisoblasa, öçirmasligi ham mumkin. Unda nima böladi? Unda AOKA agar lozim topsa, sudga murojaat qilişi mumkin.
Körib turganingizdek, öçiriş majburiyatini faqat sud belgilay oladi. Boşqa organlar emas. Huquqiy davlatlarda faqat sud oxirgi sözni aytişi kerak va bu qoida mazkur qarorda ham aks etgani quvonarli», – deb yozdi Xuşnudbek Xudoyberdiyev.
Blogerning qöşimça qilişiça, özini hurmat qilgan OAV yoki blogerlar şundoq ham qonunga zid materiallarni, izohlarni e'lon qiliş mumkin emasligini yaxşi bilişadi va buni körgan zahoti heç bir xabarnomasiz ham öçirişadi.








