Qonun loyihasida dehqon xöjaligini yuritiş uçun 0,06 gektardan 1 gektargaça bölgan ölçamda yer uçastkalari berilişi va undan ixtisoslaşuvi asosida faqat qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun foydalanişi kerakligi belgilanmoqda. Yerdan dehqon xöjaligi ixtisoslaşuvida nazarda tutilmagan boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini asosiy qişloq xöjaligi ekinlari qator oralariga ekiş yoki asosiy va boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini navbatlab ekiş yöli bilan yetiştiriş uçun ham foydalanilişi mumkinligi nazarda tutilyapti.

Şuningdek, hujjatga köra, dehqon xöjaligini yuritiş uçun berilgan yer uçastkasida bino va inşootlar, şu jumladan, yerosti inşootlarini quriş taqiqlanmoqda. Bundan yengil konstruksiyali issiqxona va boşqa şu kabi qurilmalar, şuningdek, suğoriş inşootlarini quriş mustasno. Yer uçastkasida qişloq xöjaligi mahsulotini yetiştiriş bilan bir vaqtda 10 boşdan ortiq bölmagan miqdordagi çorva molini ötlatişga yöl qöyiladi. Öz tasarrufidagi yer uçastkasidan xöjasizlarça foydalaniş yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolişiga yöl qöyilmaydi.

Dehqon xöjaligi tomonidan qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş ixtisoslaşuvga köra amalga oşirilmagan taqdirda, yer soliği uç baravar miqdorda undiriladi. Bu, deputatlarning qayd etişiça, yerdan samarali va oqilona foydalanişga xizmat qiladi.

Qonun loyihasida dehqon xöjaligi öz qişloq xöjaligi mahsulotini dalasida, dehqon bozorlarida va savdo markazlarida, şuningdek, aholi punktlarida sayyor savdo taşkil etiş yöli bilan qöşimça ruxsatnomalarsiz realizatsiya qiliş huquqiga egaligi belgilanmoqda. Dehqon xöjaligi tomonidan öz qişloq xöjaligi mahsulotini realizatsiya qilişdan olgan daromadlariga soliq solinmasligi nazarda tutilyapti.