Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga köra, mazkur köça “Toşkent-Angren” temir yöli bilan kesişgan. Buning ustiga tor bölib, avtomobillar harakatiga qiyinçilik tuğdirardi.

Qayd etilişiça, Qipçoq köçasi 6 qatorli qilib kengaytirilib, temir yöl ustidan ötuvçi 772 metrlik köprik barpo etildi. Uning estakada qismi 445, eni – 28 metr.

Davlat rahbari obektning sifati, şaharda transport tizimini yaxşilaşdagi ahamiyatiga alohida e'tibor qaratdi, deyiladi xabarda.

Köprik soatiga 12 mingtagaça avtotransport vositalarini uzluksiz ötkaziş imkoniyatiga ega. U poytaxtdagi ikkita yirik köça – Yangi Sergeli aylanma yöli bilan Toşkent halqa yölini boğlaydi. Bu haydovçilar uçun ança qulaylik yaratadi, minglab transport vositalari oqimini öziga olib, boşqa köçalardagi tirbandlikni kamaytiradi.

- Pandemiya boşlanganda biz undan kuçli, qudratli bölib çiqamiz deb maqsad qöygan edik, - dedi Şavkat Mirziyoyev toşkentlik faollar bilan suhbatda. - Hammamiz köryapmiz dunyoda nimalar bölayotganini. Boşqa mamlakatlarda qurilişlar töxtab qolgan holatlar ham böldi. Xalqimiz tartib-intizom, birdamlik bilan barça rejalarini röyobga çiqarmoqda. Biz hamjihatlikda köp narsalarga qodirmiz.

Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yil 4 iyun kuni Toşkent şahrining Çöponota köçasi va Kiçik halqa yöli kesişmasida quriladigan köprik loyihasi bilan tanişgan edi. Kelgusida yangi yöl barpo etilib, Qipçoq köçasidagi mazkur köprikka tutaşadi.

Şu yerda Turkiyaning “Kalyon” kompaniyasi bilan hamkorlikda poytaxtimizdagi avtomobil yöllarini rekonstruksiya qiliş, transport va yölovçilar harakati uçun qulayliklarni oşiriş loyihalari muhokama qilindi.