AOKA huzurida taşkil etilgan yiğilişda Davlat soliq qömitasi raisi örinbosari Fazliddin Umarov onlayn nazorat kassa maşinalarini joriy etgandan söng, yaratilajak qulayliklardan biriga töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Albatta, muammo bor. Onlayn kassa maşinalari joriy qilinişining asosiy sababi ham şuki, iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş. Şu paytgaça amalda bölgan boşqa nazorat kassa çeklarida faqat summa belgilanardi, xolos. Onlayn nazorat kassa çekida esa mahsulot turi ham körsatilişi nazarda tutilgan. Biz özimiz ham supermarketlarda xaridlarni amalga oşirganimizda çeklarda mahsulot nomlari ham çiqadi. Onlayn nazorat kassalarida ham xuddi şunday çek beriladi. Lekin bugun hamma dökonlar ham şunday yöl tutyapti, deb aytolmaymiz», – deya ma'lum qilgan DSQ raisi örinbosari.

Prezidentning 2017 yil 29 sentyabrdagi «Fiskal xotirali nazorat-kassa maşinalarini qöllaş tartibini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, aholi bilan naqd pulda amalga oşirilgan hisob-kitoblar töğrisidagi ma'lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib boriş funksiyasiga ega bölgan nazorat-kassa maşinalarini bosqiçma-bosqiç joriy etiş belgilab berilgan edi.

2018 yilning 1 yanvaridan boşlab Toşkent va Nukus şaharlari hamda viloyatlar markazlarida 500 tadan 1000 tagaça bölgan onlayn nazorat-kassa maşinalari tajriba-sinov tariqasida amaliyotga tatbiq etilişi aytib ötilgan edi.  Ayni paytda Özbekiston böylab qariyb 34 mingta onlayn NKM va virtual kassa örnatilgan. Biroq iste'molçilar bilan hisob-kitob jarayonida ularning 14 128 tasidan foydalanilmayapti.

Ma'lumot uçun, 2020 yil 1 yanvardan alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilğisi va gaz yoqilğisi savdosi bilan şuğullanuvçi barça tadbirkorlik sub'yektlari uçun onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalaniş majburiy. Mazkur şoxobçalarda mijozga QR kodli çek berilişi şart