Mehnat kodeksiga asosan, 16 yoşga tölmagan nogiron bolasi bor ayolning iltimosiga köra, iş beruvçi unga töliqsiz iş kuni yoki töliqsiz iş haftasi belgilaşga majbur.
Şu bilan birga, ayolning xohişiga köra, unga bolasi 2 yoşga tölgunga qadar bolani parvarişlaş uçun ta'til berilib, nafaqa tölanadi.
Bundan taşqari, ayollar bolasi 3 yoşga tölgunga qadar iş haqi saqlanmaydigan qöşimça ta'til olişi ham mumkin.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyevaning fikriça, bu normalarda aniq qilib ayollar deb yozib qöyilgani notöğri.
«Oila er va xotin kelişuvi asosida quriladi. Nogironligi bor bola bilan onasi ötiradimi yoki otasi, buni ular hal qiladi. Otasi uyda ötirib, onasi işlaşi ham mumkin-ku.
Xuddi şunday yondaşuv hamma qonunlarimizda bölişi kerak. Faqat ayol deb çeklab qöyiş notöğri. Masalan, ayol kişining oyligi köproq bölişi mumkin, şunday vaziyatda u işlasa, ma'qulroq deb topiladi.
Balki erkak kişining bolaga qaraşga köproq iştiyoqi bordir. Marhamat, erkak bolaga qaraydigan bölsa, şunga kelişilgan bölsa, unda ayol işlasin.
Agar biz faqat ayol deb qöyadigan bölsak, ertaga bu qonun yana qoğozda qolib ketadi. Işlamaydi. Erkak çiqadi yoki bölmasa buvisi men qarayman desa, yöq faqatgina onaga qöllaniladi bu, degan e'tiroz bölişi mumkin. Şuning uçun, Senatga kelişidan oldin qonunlarni gender ekspertizasidan ötkazamiz», – dedi Tanzila Norboyeva 21 dekabr kuni Gender tenglik komissiyasi yiğilişida.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov ham bu fikrga qöşilgan.
Vazirning sözlariga köra, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida uşbu masala inobatga olinmoqda.
«Mehnat kodeksining yangi bobida nogironligi bor bolalarga qaraşga ayollar va oilaviy majburiyatlarga ega kişilar – hattoki uning bobosi, onasi va turmuş örtoği ham mas'ul bölişi mumkin», – dedi yiğilişda söz olgan Nozim Husanov.











